Мavzu: Massalar ta’siri qonunining geterogen sistemalarga tadbiq qilinishi. Gеtеrоgеn sistеmаdаgi muvоzаnаt. Reja
-ta’rif. Uy xaroratida oz eruvchan elektrolit to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi
Download 74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kationning to‘liq cho‘kishiga ta’sir etuvchi omillar
- 2.2. Erituvchi va cho‘ktiruvchining tabiati
- 2.3. Harorat.
- 2.5. Oz eruvchan elektrolitni to‘liq cho‘kishiga bir ismli ionli yaxshi eruvchan elektrolitning ta’siri.
1-ta’rif. Uy xaroratida oz eruvchan elektrolit to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi.
AmBn ↔ mAn+ + nBm- AmBn tarkibli cho‘kma uchun KS = [A]m · [B]n kvadrat kavslarda oz eruvchan elektrolitning geterogen muvozanatdagi konsentratsiyalari keltirilgan Masalan: Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43- uchun KS = [Ca2+]3 · [PO43-]2 Konsentratsiya fa’ollik orqali berilsa ifoda quyidagicha bo‘ladi K S ning mukammal ta’rifi: Oz eruvchan elektrolit ionlarining – geterogen muvozanatda stexiometrik koeffitsient darajasidagi fa’olliklar (yoki konsentratsiyalari) ko‘paytmasining xona xaroratidagi qiymati eruvchanlik ko‘paytmasi yoki solvoliz doimiysi deb ataladi E.K. qiymadidan molyar eruvchanlikni xisoblash formulasini keltirib chiqaramiz Ca3(PO4)2 ↔ 3Ca2+ + 2PO43- KS = [3S]3 · [2S]2 = 27S3 · 4S2 = 108S5 KS = 33 · 22 · S3+2 Umumiy xolda AmBn tarkibli cho‘kmaning eruvchanligi KS = [A]m · [B]n – tenglamasidan, KS qiymati geterogen muvozanatdagi erigan elektrolit ionlari konsentratsiyasiga to‘g‘ri mutanosibligi qo‘rinib turibdi. Qoida: Uxshash tarkibli oz eruvchan elektrolitlarning KS qiymati kichik bo‘lsa uning eruvchanligi kamligidan dalolat beradi Misol:
Eruvchanlik o‘ngdan chapga tomon kamayaboradi. Ammo bunday solishtirish tarkibi o‘xshash bo‘lmagan cho‘kmalarga joiz emas Misol:
Kationning to‘liq cho‘kishiga ta’sir etuvchi omillar Taxlilda ochiluvchi ioni to‘liq cho‘kishi muxim axamiyatga ega, bunga quyidagi omillar ta’sir etadi: 2.1. Moddaning tabiati. YA’ni kation va anion orasidagi kimyoviy, ion bog‘ning mustaxkamligi, bu esa ionlar radiusi va qutblanuvchanligiga bog‘liq xolda, eruvchanlik ta’sir etadi: Misol:
2.2. Erituvchi va cho‘ktiruvchining tabiati a) Dielektrik doimiysi katta bo‘lgan qutbli erituvchilarda oz eruvchan elektrolit nisbatan ko‘proq eritdi. b) Ochiluvchi ionni to‘liq cho‘kishi cho‘ktiruvchi elektrolitning dissotsiatsiya darajasiga bog‘liq. Masalan: 1. MgCl2 + 2NaOH → 2NaCl + Mg(OH)2 ↓ cho‘ktiruvchi elektrolit – ishqorda OH- ionlari ko‘pligi sababli Mg2+ to‘liq cho‘kadi MgCl2 + 2NH4OH → 2NH4Cl + Mg(OH)2 ↓ cho‘ktiruvchi kuchsiz asos, (OH-) ionlarini konsentratsiyasi kam shuning uchun Mg2+ to‘liq cho‘kmaydi 3. MgCl2 + NH4OH + NH4Cl NH4Cl → NH4+ + Cl- NH4Cl ← NH4+ + OH- NH4Cl tuzi NH4OH dissotsiatsiyasini kamaytirgani sababli (OH-) shungalik kamayib ketadi-ki, cho‘kma xosil bo‘lmaydi. 2.3. Harorat. Odatda xarorat pasayganda ya’ni eritma sovutilganda eruvchanlik kamayishi xisobiga, kation to‘liqroq cho‘kadi. Jadvallarda KS xona xarorati 200C uchun berilgan. 2.4. Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi. Cho‘kma geterogen tizimdagi ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi (IK) eruvchanlik ko‘paytmasi (KS) qiymatiga teng kelgan xolatdagina boshlanadi. Binobarin a) IK KS (CA · CV = IK < KS = [A]·[B]) cho‘kma xosil bo‘lmaydi. б) IK = KS (CA · CV = [A]·[B]) cho‘kma xosil bo‘laboshlaydi. в) IK > KS (CA · CV > A]·[B]) bo‘lganda geterogen tizimdagi ionlar konsentratsiyasi elektrolitning molyar eruvchanligidan katta bo‘gani uchun tizim geterogen xolatda, ya’ni cho‘kma albatta bo‘ladi. 2.5. Oz eruvchan elektrolitni to‘liq cho‘kishiga bir ismli ionli yaxshi eruvchan elektrolitning ta’siri. BaSO4 cho‘kmasining ustidagi to‘yingan eritmasiga, cho‘kmadagi anionga bir ismli ioni bo‘lgan, Na2SO4 eritmasidan qo‘shilganda geterogen muvozanat chapga siljib, tiniq eritma loyqalanishi ya’ni ko‘shimcha BaSO4 xosil bo‘lishini kuzatish mumkin. Na2SO4 → 2Na+ + SO42- BaSO4 ↔ Ba2+ + SO42- Demak cho‘kmadagi ion bilan bir ismli bo‘lgan ion konsentratsiyasi ortganda geterogen movozanat cho‘kma xosil bo‘lish tomoniga siljigani sababli to‘liq cho‘kish sodir bo‘ladi, ya’ni muvozanat xolatida cho‘kma ustidagi eritmada, bir ismli ion bo‘lmagan dastlabki xolatdagiga nisbatan, cho‘ktirikluvchi (Ba2+) ionlarining konsentratsiyasi kamayadi. Shunday qilib, geterogen movozanatdagi to‘ingan eritmaga bir ismli, yaxshi eruvchan elektrolit eritmasi qo‘shilganda, oz eruvchan elektrolitning eruvchanligi yanada pasayadi. Demak, cho‘ktiruvchining ortiqcha miqdori qo‘shilganda to‘liq cho‘ktirshiga erishiladi. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling