Mavzu: Matashuvchilar – Conjugatophyceae sinfi suvo’tlarining sistematikasi mavzusida taqdimoti bajardi


Download 1.87 Mb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1392690
  1   2   3
Bog'liq
201 Matashuvchilar – Conjugatophyceae sinfi suvo’tlarining sistematikasi


Mavzu: Matashuvchilar – Conjugatophyceae sinfi suvo’tlarining sistematikasi mavzusida
TAQDIMOTI
 
Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi
Raxmidinova Shaxnoza Umidjon qizi
MUNDARIJA:
KirishI BOB. MATASHUVCHILAR SINFI — CONJUGATOPHYCEAE
Mezotinililar tartibi — Mesotaeniales. Zignemalilar tartibi — Zygnematales
II BOB. DESMIDIUMLILAR TARTIBI — DESMIDIALES
Klosterium –Closterium
Xarasimonlar sinfi — charophyceaeSuvo‘tlar yig‘ilgan bankadan spirogirani (Spirogyra 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
I BOB. MATASHUVCHILAR SINFI — CONJUGATOPHYCEAE
    • Mezotinililar tartibi — Mesotaeniales

    • Bu sinfga bir hujayrali ipsimon yashil suvo‘tlar kiradi. Ularning hayot siklida harakatchan stadiya bo‘lmaydi. Zoospo-ralar va gametalar ham hosil bo‘lmaydi. Jinsiy ko‘payishi ikki vegetativ hujayraning o‘zaro matashishi va ulardan bi-rida protoplastining ikkinchisiga qo‘shilishi vositasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon kon’yugatsiya yoki matashshi deb ataladi. Kon’yugatsiya jarayonidan tashqari, ular vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadilar. Qo‘pchilik matashuvchilarda xromatofori hu-jayra markazida joylashgan. Aksariyat vakillari chuchuk suv-larda, ba’zilari nam tuproq va sho‘r suvlarda tarqalgan.
      Bu sinf to‘rtta tartibga bo‘linadi: bularning eng muhimlari mezoshinililar — Mesotaeniales, zignemalilar—Zygnematales va desmidiumlilar — Desmidiales dir.
      Mezotinililar va zignemalilar tartibining vakillarida hujayra jild bilan qoplangan, desmidiumlilarning hujayra po‘stida ikkita, ba’zan undan ham ko‘proq murakkab tuzilgan pora bo‘ladi.
    • Zignemalilar tartibi — Zygnematales

    • Bu tartibga oddiy ipsimon suvo‘tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadro-li hujayralardan iborat. Tallomi porasiz, shilimshiq jild bilan qop-langan. Shilimshiq jildi yumshoq, ko‘-pincha kladoforalar bilan birga «baqa to‘ni» «i hosil qiladi. Hujayra mar-' kazida yirik vakuola joylashgan, si­toplazma hujayra devori atrofiga yopishgan. Xromatoforalari mezotini-lilarnikiga o‘xshash uch xil.
      Zignemalilar tartibining eng xa-rakterli vakillaridan biri mujotsiya (Mougeotia, A, B) dir. Hu-jayrasi silindrsimon, bitta plas­tinkasimon va bir necha pirenoidli xromatoforaga ega. Agar xromatoforaga kuchli yorug‘ yo‘naltirilsa, u bir oz vaqtdan keyin o‘z o‘qi bo‘ylab 90° ga bu-ralib, 30 min davomida saklanadi, na-tijada plastinkasimon xromatofor tayoqcha shaklida ko‘rinadi (rasm, B). Sitoplazma markazida yirik yadro joylashgan.

Ushbu turkumning avvalgi nomi Authrospora platensis (Nordstedt) Gomont Spirulina rlatensis (Nordstedt) Geitler (1925). Barcha prokaroit organizmlar kabi uning tuzilishi eng quyi darajaga ega. Unda xromotoforlar, xaqiqiy yadro, yadrochalar, vakuolalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik to’r va boshqa bir qator eukariot xujayraning tsitoplavzmasidagilari yo’q. SHu tufayli Spirulina hujayrasi boshqa prokariotlar kabi sodda tuzilishga ega.
Spirulina ipsimon tuzilgan bo’lib, undagi har bir hujayra o’zaro o’xshash tuzilgan. Ip tashqi ko’rinishidan spiral buralgan. Ko’plab o’zaro o’xshash tuzilishli xujayralardan iborat ip shilimshiq bilan qoplangan va tabiiy o’sib turgan joyida sirpanib aylanma harakatni amalga oshiradi. Tashqi muhitdan biror fizikaviy yoki kimyoviy ta’sir bo’lganda ip biroz to’g’rilanishi mumkin. Tashqari karationidlar fikobibiliproteinlar mavjud. Spirulinada jinsiy ko’payish ro’y beradi. Spirulina platensis gormogoniyalar harakatlana oladigan kalta marjon holidagisi bilan ko’payadi. Ko’payganda Spirulinaning spiral buralgan ko’rinishdagi ipi bir nechta bo’laklarga bo’linib ketadi. Buning natijasida hosil bo’lgan alohida kalta spiral iplar o’sa oladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling