Мавзу: Математик масалалар ва уларни ечиш методикаси


Download 101.04 Kb.
bet1/13
Sana25.01.2023
Hajmi101.04 Kb.
#1118882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Masala turlari va ularni yechish usullari



Mavzu: Masala turlari va ularni yechish usullari
Reja:

Kirish


  1. Matematik masala, matematik masalalar turlari, matematik taʼlimni amalga oshirishda masalalar funksiyasi

  2. Matnli masalalar. Matnli masalalarni yechish usullari

  3. Masalalar yechish bosqichlari va yechishni tekshirish usullari

  4. Umumiy o‘rta taʼlim maktabi, akademik litsey va kasb hunar kollejlari matematika kursida masalalarni, tenglamalar va tengsizliklar tuzish yo‘li bilan yechish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni mamlakatning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zA. Uchrashuvda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir, deya qayd etdi u.
Davlatning yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezident. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib.
Mamlakat va jamiyatning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi. Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakat ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda.
«Matematika” so‘zi grekcha «bilish, fan» so‘zidan olingan bo‘lib, bizga qadimgi Yunonistondan yetib kelgan. Bu fan o‘z rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni bosib o‘tgan:

  1. Matematikaning paydo bo‘lish davri-amaliy hisoblashlar va o‘lchamlar, son va shakl tushunchalari shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arfmetika va geometriya kabi matematikaning bo‘limlari o‘z boshlang‘ich asoslariga ega bo‘ldi.

  2. O‘zgarmas miqdorlar davri-eramizgacha VI-V- asrlardan boshlanib, bu davrda matematika fani tadqiqot tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida shakllandi. Bu davrda matematikaning yangi sohasi-algebra fani paydo bo‘ldi va rivojlandi.

Bunda buyuk vatandoshalrimiz Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayѐm, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al-
Farg‘oniylarning xizmati katta bo‘lgan.

  1. O‘zgaruvchi miqdorlar davri XVII - asrdan boshlanib XIX - asrning birinchi yarimigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari ko‘paydi, funksiya va u bilan bog‘liq, uzluksizlik va harakat g‘oyalari asosiy o‘rinni egallaydi. Matematik tahlil tarkib topdi va takomillashtirildi.

  2. O‘zgaruvchi miqdorlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qo‘llanila boshlandi. Bu davr XIX - asrning ikkinchi yarmidan boshlab to hozirgacha bo‘lgan davrni qamrab olib, fanda algebrik tuzilmalar, yangi nazariya va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib, turli nazariy kashfiѐtlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari ko‘payib bormoqda.


Download 101.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling