Мавзу: Математик масалалар ва уларни ечиш методикаси


Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim


Download 101.04 Kb.
bet7/13
Sana25.01.2023
Hajmi101.04 Kb.
#1118882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Masala turlari va ularni yechish usullari

Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim.

  1. Masalani tinglab ѐki o‘qib, uni mazmunini tushuna olish malakasi.

  2. Masalani dastlabki tahlil qilish (maʼlumni nomaʼlumdan ajarata olish) malakasi. Maʼlumni nomaʼlumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanaѐtganlar orasidagi bog‘lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi.

  3. Masalani qisqa ѐzish malakasi. Masala teksti ustida og‘zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa ѐzuv shaklidagi matematik ifodasini belgilash kerak (chizmalar, sxemalar, jadvallar).

Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa ѐzuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa ѐzuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa ѐzuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son maʼlumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional ѐzilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini baѐniy tushuntirish imkonini yaratadi.

  1. Murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so‘ngra yechish rejasini tuzish malakasi. Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to‘xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, yaʼni baʼzi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o‘zgartiriladi.

Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. Matematika o‘qitish metodikasiga oid qo‘llanmalarda masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi.
Masalaning sintetik tahlili deyilganda mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita maʼlumotni birlashtirish natijasida bu maʼlumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan maʼlumot bilan boshqa maʼlumot birlashmasiga o‘tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi.
Masala tahlilining analitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masalada berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur maʼlumotlar tanlanadiki, bu maʼlumotlarni boshqa maʼlumotlardan foydalanib topish mumkin.

  1. Yechimni bajarish, uni o‘qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi.

  2. Masala yechimini tekshira olish malakasi. Masala yechimining tekshirish quyidagi usullarda qo‘llaniladi:

a) Olingan javob bilan masala sharti o‘rtasida moslik o‘rnatish.
b) Teskari masala tuzish va yechish
v) Masalani boshqa usullar bilan yechish
g) Javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash).
d) Grafik tekshirish



Download 101.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling