Мавзу: Математик масалалар ва уларни ечиш методикаси


Nisbat, proporsiyaga doir masalalar


Download 101.04 Kb.
bet10/13
Sana25.01.2023
Hajmi101.04 Kb.
#1118882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Masala turlari va ularni yechish usullari

Nisbat, proporsiyaga doir masalalar.
1.Dorining massasi 72 g. U uch xil moddadan
tayѐrlangan.Moddalar doriga 1:2:3 nisbatda qo‘shilgan. Dori tarkibida har bir moddadan necha grammdan bor?
2.Usta 2 ta shogirdi bilan ishlab, 100 000 so‘mlik ish bajarishdi.Bu pul shogirdlari va usta orasida 2:3:5 nisbatda bo‘lindi. Har biri qanchadan pul olgan?
Qismni topishga doir masalalar.
1.Ikki qopda birgalikda 120 kg guruch bor. 1–qopdagi guruchning 0,3 qismi 2–qopdagi guruchning 0,4 qismidan 1,125 marta ko‘p. Har bir qopda qanchadan guruch bor?
2.Sayѐh yo‘lning 0,7 qismini o‘tdi.Agar u yo‘lning yarmidan 30 km o‘tgan bo‘lsa, manzilga yetish uchun yana necha kilometr yo‘l yurishi kerak?
3.Uchta sonning yig‘indisi 169,83 ga teng.Agar sonlarning birida vergulni bir xona chapga surilsa, sonlarning kichigi, bir xona o‘ngga surilsa, sonlarning kattasi hosil bo‘ladi. Shu sonlarni toping.
4.Ikki sonning ayirmasi 2,5 ga teng.Ularning biri ikkinchisidan 2,5 marta katta. Shu sonlarni toping.
Protsentga doir masalalar.
1.Fermer bankdan kreditga (qarzga) 250 000 so‘m pul oldi. Bir yildan so‘ng u bu pulning ustiga 10% qo‘shib bankka qaytarishi kerak. Fermer bir yildan so‘ng bankka necha so‘m o‘tkazishi kerak?
2.To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 2,4 sm ga kamaytirildi, enini esa 30% ga uzaytirildi. Natijada yangi to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi avvalgisiga qaraganda 4% ga oshdi. Yangi to‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yini toping.
O‘rta arifmetik qiymatga doir masalalar.
1.Bir necha sonning o‘rta arifmetik qiymati 25 ga teng. Bu sonlar qatoriga 75 ni qo‘shib, o‘rta arifmetik hisoblansa, u 35 ga teng bo‘ladi. Dastlab qo‘shiluvchilar soni nechta bo‘lgan?
2.Bir son ikkinchisidan 13,8 ga kichik. Bu sonlarning o‘rta arifmetigi –19,2 ga teng. Shu sonlardan kichigini toping.
3.To‘rtta sonning o‘rta arifmetik qiymati 10,4 ga teng. Bu to‘rtta songa yana bitta son qo‘shib o‘rta arifmetik qiymat hisoblangan edi, u 11 ga teng chiqdi. Qo‘shilgan sonni toping.
4.Abdulhaq otaning ѐshi 90 da, nabiralari ѐshlarining o‘rta arifmetigi 24 ga teng. Agar Abdulhaq otaning ѐshini ham jaʼmi nabiralari ѐshi yig‘indisiga qo‘shib o‘rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 26 ga teng bo‘ladi. Otaning nechta nabirasi bor?

Download 101.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling