Мавзу: Математик масалалар ва уларни ечиш методикаси


Matnli masalalar. Matnli masalalarni yechish usullari


Download 101.04 Kb.
bet6/13
Sana25.01.2023
Hajmi101.04 Kb.
#1118882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Masala turlari va ularni yechish usullari

2. Matnli masalalar. Matnli masalalarni yechish usullari


Matnli masala tushunchasi. Matnli masala biror-bir vaziyat (vaziyatlar)ning tabiiy tildagi ifodasi (tavsifi) bo‘lib, unda bu vaziyatning biror-bir komponentasiga miqdoriy xarakteritsika berish, uning komponentlari orasidagi baʼzi munosabatlar bor-ѐʼqligini aniqlash ѐki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi.
Har qanday matnli masala ikki qismdan: shartlar va talablar (savollar) dan iborat bo‘ladi.
Shartda obʼektlar va berilgan obʼektlarni xarakterlovchi baʼzi miqdorlar haqida, bu obʼektlarning maʼlum va nomaʼlum qiymatlari haqida, ular orasidagi munosabatlar haqida maʼlumotlar beriladi.
Matnli masalalarni yechish usullari. Masalani yechish - bu masalada bevosita ѐki bilvosita mavjud bo‘lgan sonlar, miqdorlar, munosabatlar utsida amallar va operatsiyalarning mantiqiy to‘g‘ri ketma-ketligi orqali masalalarning talabini bajarish (uning savoliga javob berish) demakdir.
Matematikada masalalarni yechishning asosiy usullari sifatida arifmetik va algebraik usullar farq qilinadi. Arifmetik usulda masalaning savoliga javob sonlar utsida arifmetik amallar bajarish natijasida topiladi.
Ayni bir masalani yechishning turlicha arifmetik usullari berilganlar orasidagi, berilganlar bilan nomaʼlumlar orasidagi, berilganlar bilan izlanuvchilar orasidagi arifmetik amallarni tanlashda asos bo‘luchi munosabatlar bilan ѐki amallarni tanlashda bu munosabatlarni bajarishdagi ketma-ketliklar bilan farq qiladi.
Algebraik usulda masalaning savoliga javob tenglama, tengsizlik, tenglamalar (tengsizliklar) sitsemasini tuzish va yechish natijasida topiladi.
Harf (harflar) bilan belgilash uchun nomaʼlum (nomaʼlumlarni) tanlashga, mulohazalar yuritish ѐʼllariga bog‘liq ravishda ayni bir masala bo‘yicha turlicha tenglamalar tuzish mumkin. Bunday holda bu masalaning turlicha algebraik yechimlari haqida gapirish mumkin.

O‘quvchilarda shakllanadigan ko‘nikma va malakalar

Download 101.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling