Mavzu: Matematika darslarida muammoli ta’lim
Download 17.32 Kb.
|
12.Kamalova maqolam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
GEOMETRIYA DARSLARIDA MUAMMOLI TALIM TEXOLOGIYASINI QO`LLASH AHAMIYATI Kamalova Gulzira Anvarbek qizi ( Norin tumani 5-maktab o`qituvchisi) Mustaqil respublikamiz milliy, ijtimoiyiqtisodiy va manaviy yuksalishining tub manbai maktabdan boshlanadi. Yurtimizning ulug` matafakkirlari inson kamoloti va davlat mavqei ilm fanda deb bilganlar . O`zbekiston Respublikasining “Talim to`g`risida” gi qonuni oila, jamiyat, davlat oldidagi masuliyatni anglab yetadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi intelektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak maqsadlarni belgilab berdi. Muammoli o`qitishning mohiyatini, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning o`quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o`quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish bo`yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o`zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi obektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyil - muammolilikka tayanadi. Metematika darslarida ko`proq muammoli talimni joriy etilishi madsadga muvofiq, chunki muammoli talim, o`quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi. O`quvchilarda bilimga qiziqish va ehtiyojni oshiradi. Bilimlarni mustaqil o`zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantiradi. Pedagogik jarayonda dostona muhitni yaratish omillaridan biri muammoli talimdir. Ushbu darslarda quyidagi faoliyatlar olg`a suriladi: -muammo har doim o`quvchining malum bir faoliyatga bo`lgan qiziqishini orttiradi; -darsda muammoni hal qilish davomida o`quvchining muloqotga kirishishi kommunikativ-muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; - o`quvchining o`z iqtidori, qiziqishi, bilimini va o`zligini namoyon etishga imkon yaratadi; -o`quvshilar ortasida ijodiy muhit tarkib topadi, muammoni hal etishda ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar; -muammoni hal qilish mobaynida musobaga, raqobat vujudga keladi; -mavzuga doir bilim, malaka va ko`nikmalar rivojlanadi. Muammoli talim darslarida o`quvchilarning bilim olishida quyidagi talablarga amal qilish kerak. muammoli talim darsdagi mavzuning talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo`lishi, amaliyotdagi muhim muammolarga bog`lanib ular dars davomida hal qilinishi yoki uyga vazifa qilib mustaqil ish sifatida berilishi mumkin, barkamol avlodni tarbiyalash tamoyillari sharqona axloq-odob qoidalariga mos kelishi, muammoda mantiqiy ketma-ketlik bo`lishi, talim prinsiplariga amal qilinishi va kam vaqt sarflanishi kerak. Matematika daslarida muammoli talimni qo`llashni qiyidagi turlarini keltirish mumkin: 1. Mavzuga doir muammo. 2. Misol va masala yechishdagi muammo. 3. Geometrik yasashga doir muammo. 4. Isbotlashga doir muammo. 5. Tarixiy masalalarni o`rganishda paydo bo`ladigan muammo. Malumki, 8-sinflarda Geometriya fanida To`rtburchaklar” mavzusi o`tiladi. Bu mavzuni o`qitishda o`quvchilarga to`rtburchaklar, to`g`ri burchakli to`rtburchak, turli tomonli to`rtburchak, trapetsiya, to`g`ri burchakli trapesiya, teng yonli trapetsiya, parallelogram, romb va kvadratlar haqida malumotlar beriladi . “To`rtburchaklar” mavzulari o`tib bo`lingandan so`ng, mustahkamlash darsida o`quvchilar o`rtasiga quyidagicha muammoli savollar qo`yamiz: romb chizing, unga darslikda berilgan quyidagi tarifdan boshqacha tariflar o`ylab topishga harakat qiling? Tarif: Tomonlari teng bo`lgan parallelogramm romb deyiladi. O`quvchilardan esa quyidagicha javoblarni eshitish mumkin: Romb atamasining vujudga kelishi turlicha tushuntiriladi. U yunoncha so`z bo`lib, romb “aylanuvchi jism”, “pildiroq”, manosini beradi. Geometriyada bu termin pildiroq kesimining rombga o`hshashidan kelib chiqqan. Arabchada romb uchun “muayyan” atamasi olingan. O`rta osiyolik olimlardan Abu Rayhon Beruniy ham rombning tarifiga mufassal to`xtagan. U o`zining “Astranomiya sanatidan bo`shlang`ich malumot beruvchi kitob” nomli asarida “To`rtburchaklarning turi qanday?” deb savol qo`yadi va quyidagicha javob beradi: Ulardan birinchisi kvadrat, uning barcha tomonlari teng, barcha burchaklari to`g`ri, dioganallari, yani qarama-qarshi burchaklarini tutashtiruvchi chiziqlari esa o`zaro teng. Ikkinchisi to`g`ri to`rtburchak, u kvadratga nisbatan uzunchoq, barcha burchaklari to`g`ri, turli tomonlari turlicha, ularning faqat qarama qarshi tomonlari va diogonallari teng. Uchunchisi romb, uning to`rtta tomoni teng, ammo diogonallari turlicha, burchaklari esa to`g`ri burcnak emas. To`rtinchisi rombioid, uning diogonallari turlicha, faqat ikkitadan qarama-qarshi tomonlari teng. Bu shakllardan farqli to`rtburchaklar trapetsiyalar deyiladi. O`quchilar dars mobaynida o`zlarining fikr-mulohazalarini bildiradilar. Hozirgi kunda aniq fanlarni o`qitish samaradorligini oshirishning dolzrab masalalaridan biri, bu muammali talim orqali o`quvchilarning mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatlarini oshirish, mavzuni boshqa fanlarga bog`lab tushintirish, o`qitilayotgan fanga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Yunusova D. Bo`lajak matematika o`qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. T.: Fan, 2009. 2. A. A. Rahimqoriyev. 8-sinf Geometriya darsligi. T: 2014 yil. Download 17.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling