Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. O‘quvchilarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
O‘quvchilarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:
— sinf o‘quvchilari guruhlarga biriktiriladilar;
— o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;
— o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
— o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi;
— o‘quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib boriladi;
— o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi;
— o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
— bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;
— mashg‘ulot yakunida loyiha yaratiladi.
“ZIG-ZAG” STRATEGIYASI (metodi) “ZIG-ZAG” STRATEGIYASI (metodi) Metodi o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
“Zig-zag” strategiyasini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-sinf o‘quvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga bo‘linadi;
-yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi;
-har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1-matni, 2-matni, … ) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |