Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet23/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 32 - 34 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va mehnat tarbiyasini berish, tabiatni asrashga o’rgatish
v) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2+
materiklar va okeanlar tabiatiga doir turli manbalardan foydalanib ma’lumotlar topish.
A2
tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Okean suvining sho’rligi qanday aniqlanadi?
2) Okean suvi qaysi kengliklarda eng issiq bo’ladi?
3) Iliq va sovuq oqimlar qanday paydo bo’ladi?
4) Eng tez oqim qayerda kuzatilgan?
5) Okean tubida harorat qanday bo’ladi?
Yangi mavzu bayoni:
Olimlarning fikricha hayot okean sohillaridagi to‘lqinlar hosil qilgan «hayot sharbati - bo‘tqasimon loyqa»li suv muhitida hosil bo‘lgan. Okean suvlarida mikroskop bilan ko‘rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko‘k kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud. Okean organizmlari yashash joylariga ko‘ra guruhlashtiriladi. Masalan, bentos organizmlar - okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydi. Nektonlar - erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).
Dunyo okeani tabiiy boyliklarning xazinasi hisoblanadi. Bu boyliklar biologik, kimyoviy, ma'danli va yoqilg‘i-energetik resurslardan iborat. Hozir biologik resurslarning 2% idangina foydalanilmoqda. Lekin bu dunyoda iste'mol qilinadigan oqsil moddalarning 20% ini tashkil etadi. Dunyo okeanidan ovlanadigan organizmlarning 80% ga yaqinini baliqlar, 10-12% ini umurtqasiz hayvonlar, 8-10% ini dengiz sutemizuvchilari va suvo‘tlari tashkil etadi.
Okean suvlaridan treska (10,7 mln t), seld (22,3 mln t), skumbriya (5,1 mln t) baliqlari ko‘plab ovlanadi. Shuningdek, okean tubidan osh tuzi, brom, magniy, oltingugurt, alyuminiy, mis, uran, kumush, oltin olinadi.
Dunyo okeanida neft va gaz birinchi o‘rinda Fors ko‘rfazidan, ikkinchi o‘rinda Venesuella qirg‘oqlaridan, Shimoliy dengizdan, Meksika qo‘ltig‘idan qazib olinadi. Xitoy, Kanada, AQSh, Avstraliya, Irlandiya, Turkiya, Gretsiya, Fransiya va boshqa mamlakatlar sohillarida toshko‘mirning 100 dan ortiq yirik konlari mavjud.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling