Dunyo okeani eng muhim va arzon dengiz transporti vazifasini bajaradi. Iqtisodiy, savdo aloqalarining 80% i, mahsulotlar tashishning 95% i dengiz transporti orqali bajariladi. Dunyo xo‘jaligining rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, savdo-sotiqning rivojlanishi dengiz transporti tufaylidir. Hozir Dunyo okeani sohillarida 2700 ta dengiz port-shaharlari mavjud. Dengiz transportida tashiladigan asosiy yuk neft va neft mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Ba'zan bu mahsulotlarni tashiydigan maxsus kema - tankerlar halokatga uchrab, sohil tabiatiga, dengiz organizmlariga katta talafot keltirmoqda. Dengiz turizmi ham okean resurslaridan foydalanishning bir sohasi sifatida tobora rivojlanmoqda. Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd dollarni tashkil etgan.
Dunyo okeanini muhofaza qilish - milliy, regional va xalqaro ko‘lamda amalga oshiriladigan tadbir. Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida ko‘plab xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Xalqaro dengiz komiteti, Davlatlararo okeanografik komissiya ( YUNESKO qoshida) va boshqalar Dunyo okeani boyliklaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ularni muhofaza qilish, tiklash va ekologik sharoitini yaxshilash borasida ibratli faoliyat ko‘rsatmoqda
Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Ha” yoki “Yo’q” o’yini
1) Erkin ko’chib yuruvchi organizmlar planktonlar deb ataladi. (Yo’q)
2) Hozir biologic resurslarning 2% dangina foydalanilmoqda (Ha)
3) Dunyo okeani eng muhim va arzon dengiz transporti vazifasini bajaradi. (Ha)
4) Dengiz turizmidan tushgan yillik daromad 250 mlrd dollarni tashkil etadi (Yo’q)
5) Iqtisodiy savdo aloqalarining 100% i dengiz transporti orqali bajariladi. (Yo’q)
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 34 - 35 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Do'stlaringiz bilan baham: |