O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 13 - 16 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mazu yuzasidan test tuzish. Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Litosfera va Yer relyefi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga litosfera va yer relyefi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning litosfera haqidagi tushunchalarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
A2+
Globus va xaritalardan materiklar va okeanlarning joylashgan o‘rnini, geografik koordinatalarini aniqlab topish.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Savol – javob:
1) Geografik qobiqning rivojlanishi qanday bosqichlarga bo’linadi?
2) Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat?
3) Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi qanday sodir bo’ladi?
Atamalarni izohlash:
Nobiogen
Biogen
Antropogen
Era
Davr
Bir butunlik
Zonallik
Do'stlaringiz bilan baham: |