Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Kim qanday baho olmoqchi?”
1) Materikning asosiy xususiyatlarini aytib bering (5)
2) Yevropa va Osiyo hududlari qancha? (4)
3) Yevrosiyo materigi qaysi yarimsharda joylashgan? (3)
4) Materikni o’rganishda qaysi olimlarning hissasi katta? (5)
5) Yevrosiyo materigini xaritadan chegaralab bering (4)
6) “Hindiston” asarini kim yozgan? (3)
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 108 - 110 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Yevrosiyo geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Yevrosiyo geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, relyefi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va ekologik tarbiya berish
v) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, musaqil ishlashga o’rgatish
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Krossvord
1.G
|
I
|
2.B
|
R
|
A
|
L
|
T
|
A
|
R
|
|
|
|
E
|
|
|
|
|
|
R
|
|
|
4.B
|
|
3.H
|
I
|
N
|
D
|
I
|
S
|
T
|
O
|
N
|
|
N
|
|
|
B
|
|
G
|
U
|
|
R
|
Savollar:
1) Yevrosiyo bilan Afrikani qaysi hudud ajratib turadi?
2) Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikani qaysi hudud ajratib turadi?
3) Beruniy yozgan asar nomi?
4) O’rta Osiyo haqidagi geografik ma’lumotlar kimning asarida qayd etilgan?
Yangi mavzu bayoni:
Geologik jihatidan Yevrosiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutashtiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevrosiyo va Amerika ajralgan (65 mln yil muqaddam). Hozirgi paytda Yevrosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean «olovli halqasi». Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Bu mintaqa tog‘lari yosh burmali, palaxsali tog‘lar bo‘lib, ba'zi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda tog‘ tugunlarini (masalan, Pomir, Tibet) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining O‘rta dengiz qismida Etna, Stromboli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning o‘lkamiz - O‘rta Osiyo qismida esa dahshatli va halokatli zilzilalar (Ashgabad - 1948, Toshkent - 1966, Hindikush - 2002, Eron - 2003 va boshqalar) Yer po‘stining faolligidan dalolat beradi. Qazilma boyliklari. Yevrosiyo foydali qazilmalarga boy. Rudali foydali qazilmalar magmatik va metamorfik tog‘ jinslari tarkibida ko‘p uchraydi. Shimoli-sharqiy Xitoy, Skandinaviya va Hindiston yarimorolidagi temir rudalari magmatik tog‘ jinslaridan qazib olinadi. Sharqiy Yevropa plalformasidagi Kursk magnit anomaliyasi temir ruda koni metamorfik tog‘ jinslarida hosil bo‘lgan. Oltin, olmos, mis, volfram, uran, qalay, simob va boshqa rangli metallar hamda qimmatbaho toshlarning hosil bo‘lishi magmatik tog‘ jinslarida ko‘p uchraydi. Pireney yarimorolida, Sibirda, O‘rta Osiyoda, Koreya yarimorolida oltin konlari, Markaziy Yoqutiston, Hindiston yarimorolida olmos konlari ko‘p. Uralda, Hindiston yarimorolida, Shri-Lanka orolida turli xil qimmatbaho zangori sapfir (ko‘k yoqut), qizil yoqut konlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |