Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar tegishli


Download 1.14 Mb.
bet80/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekisliklar tegishli. Tog‘lar materik maydonining 50% qismini egallaydi. Ular geosinklinal mintaqalarda va litosfera plitalarining o‘zaro to‘qnashgan zonalanda tarkib topgan. Ural, Dekan, Qozog‘iston yassitog‘ligi eng keksa qadimgi tog‘lardir. Yoshargan tog‘larga Tyanshan, Oltoy, eng yosh tog‘larga Alp, Karpat, Kavkaz, Pomir, Hindikush, Kopetdog‘ va boshqalar tegishli. Vulqonli tog‘lar Kamchatka yarimoroli, Kuril orollari, Sitsiliya oroli, Apennin yarimorolidagi tog‘lar, Karpat va Kavkaz tog‘larining ayrim qismlarida tarqalgan. Yer yuzasining eng baland nuqtasi Himolay tizmasidagi Jomolungma (Everest) bo‘lib, uning mutlaq balandligi 8848 m. Yer shari quruqligining eng past nuqtasi ham Yevrosiyoda joylashgan O‘lik dengizdir (-405 m). Tekisliklar keksa va yosh platformalar ustida tarkib topgan. Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Hindision, Buyuk Xitoy, Arabiston yarimorolidagi tekisliklarning zamini eng keksa platformalar hisoblanadi. G‘arbiy Sibir, Hind-Gang va Turon pasttekisliklari zamini esa yosh bo‘lib, ular cho‘kindi jinslar bilan qoplangan.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
Darslikning 112 – 113 betida berilgan 21 – rasm xaritadan foydalanib Yevrosiyoning chekka nuqtalari va foydali qazilmalarini topish , chekka nuqtalarni yozuvsiz xaritaga tushirish
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 110 - 114 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.

Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”



Mavzu: Yevrosiyo iqlimi va uning xususiyatlari


Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Yevrosiyo iqlimi va uning xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ekologik bilimlarni shakllantirish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling