Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yer osti suvidan to‘yinuvchi daryolar


Download 1.14 Mb.
bet88/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yer osti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yer osti suvlaridan, yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq. Masalan, daryolar yozda qurg‘oqchil joylarda tog‘lardagi qor va muzlarning erishidan, musson iqlimli o‘lkalarda yomg‘irdan, mo‘'tadil mintaqada bahorda qorning erishidan va yomg‘irdan, nam subtropiklarda hamda ekvatorial mintaqada yil davomida yomg‘irdan suv oladi. Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob, Irtish irmog‘i bilan, Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi. Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar - Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog‘inlaridan to‘yinib, ularnmg suv sathi yozda keskin ko‘tariladi. Bu daryolar boshlanadigan tog‘lardagi qor va muzlar ham yozda eriydi. Natijada daryolar qirg‘oqlaridan chiqib, suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Qishda suv sathi keskin pasayadi; hatto mo‘'tadil mintaqadagi Amur daryosi muzlab qoladi. Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil davomida o‘zgarmaydi. Markaziy Osiyo daryolari - Amudaryo, Sirdaryo Ili, Tarim baland tog‘ muz va qorlarining erigan suvlaridan to‘yinib, yozning boshida to‘lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi.
Yevrosiyoda ko‘llar juda ko‘p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan. Dunyodagi eng katta (Kaspiy 371 ming km2) va eng chuqur (Baykal 1620 m) ko‘l ham shu materikdadir. Hosil bo‘lishiga ko‘ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko‘l), to‘g‘onli (Sarez), vulqonli , morena , qoldiq (Kaspiy, Orol) ko‘llar mavjud. Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta qismida 1000 m, eni 1700-3100 m. Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. Sun‘iy ko‘llar ham mavjud. Deyarli barcha daryolarda elektr energiya olish, yerlarni sug‘orish, selga qarshi kurash kabi maqsadlarda katta-kichik suv omborlari qurilgan. Tekisliklarda kema qatnovini tartibga solish, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish maqsadida ko‘plab kanallar barpo etilgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling