Aralash o‘rmonlar zonasi materikning g‘arbiy va sharqiy qismlarida joylashgan. Zonaning iqlimi ancha iliq, yog‘in ko‘p yog‘adi. Zonaning asosiy qismi chimli-podzol tuproq bilan qoplangan. O‘rmonlar tarkibida ignabargli va keng bargli daraxtlar uchraydi. Aralash o‘rmonlarda buta va o‘t-o‘simliklar ko‘payadi. Keng barglilardan eman, qora qayin, lipa, zarang, grab (qayinlar oilasiga mansub daraxt), jo‘ka va bosnqa daraxtlar o‘sadi.
Kengbargli o‘rmonlar zonasi ham materikning faqat g‘arbiy va sharqiy qismlarida mavjud. Bu zona sernam va iliq iqlim xususiyatiga ega. Qishi yumshoq, qor qoplami uzoq saqlanmaydi, yozi salqin. Keng bargli o‘rmonlarning (buk bilan eman) tagida, asosan, qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simliklarning ko‘p yarusligi keng bargli o‘rmonlar uchun xosdir.
O‘rmon-dasht va dasht zonalarida o‘rmon va dasht tabiat komplekslari birga uchraydi. Shimoldan janubga tomon o‘rmon kamaya boradi, dasht o‘simliklari ko‘paya boradi. O‘rmonlarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar, dashtlarda qora tuproqlar tarqalgan. O‘t-o‘simliklardan iloq, betaga, shuvoq o‘sadi. Hayvonlari sayg‘oq, sug‘ur, bo‘ri, sassiqko‘zan, yumronqoziq, qo‘shoyoq, burgut, olaxurjun va sichqonlardan iborat.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mo’tadil mintaqaning tabiat zonalarini bir – biridan farqlash
T/r
|
Xususiyatlar
|
Tayga zonasi
|
Aralash o’rmonlar zonasi
|
Keng bargli o’rmonlar
|
Chala cho’l zonasi
|
Cho’l zonasi
|
1
|
Iqlimi
|
|
|
|
|
|
2
|
Tuprog’i
|
|
|
|
|
|
3
|
O’simliklari
|
|
|
|
|
|
4
|
Hayvonot dunyosi
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |