Yangi mavzuni mustahkamlash:
Atamalarni izohlash:
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 130 - 131 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Antropogen tabiat komplekslari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga antropogen tabiat komplekslari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga iqtisodiy, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmasini oshirish, ijodiy salohiyatini kengaytirish
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Tog’larda balandlik mintaqalarining ko’p yoki ozligiga sabab nima?
2) Himolay va Alp tog’laridagi balandlik mintaqalarini taqqoslang
3) Nega Ural tog’ida ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishi aks etgan?
4) Balandlik mintaqalariningo’simliklarini aytib bering
Yangi mavzu bayoni:
Antropogen tabiat komplekslari. Yevrosiyo hududi qadimdan aholi yashab kelgan sivilizatsiya markazlaridan hisoblanadi. O‘rta dengiz sohillaridagi qadimiy subtropik o‘rmonlar inson xo‘jalik faoliyati tufayli kesib yuborildi. Sharqiy Yevropa tekisligidagi qora va kashtan tuproqli dashtlarning 80% maydoni o‘zlashtirilgan. Ularning o‘rnida shahar va qishloqlar, bog‘lar va turli ekin maydonlari kabi antropogen komplekslar hosil bo‘lgan. Shuningdek, Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari, Hindiston, Yevropa va O‘rta Osiyoning qadimdan o‘zlashtirilib kelinayotgan hududlarida, tog‘ yonbag'irlarida anropogen landshaftlar barpo etilgan.
Yashash uchun qulay hududlar o‘zlashtirib bo‘lindi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rmonlar, cho‘llar va tog‘li zonalarni o‘zlashtirishga kirishildi. Natijada, antropogen tabiat kompleksi egallagan maydonlar tobora kengayib bormoqda.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Yevrosiyo tabiat zonalarida va tog‘li o‘lkalarda qo‘riqxona lar, milliy bog‘ lar, zakaznik lar barpo etilgan. Qo‘riqxonalar jamoalarining asosiy maqsadi tabiatning betakror joylarini, ajoyib relyef shakllarini, serjilo ma'danlarini, turli-tuman o‘simlik va hayvonot olamini va boshqa tabiat yodgorliklarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Ural tog‘ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej Pushshasi, Osiyoda Chotqol, Taman, Negara kabi qo'riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |