Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet93/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Jadval bilan ishlash
Asosiy xususiyatlarni va bir – biridan farqli tomonlarini yozish

Subtropik sernam musson o’rmonlar zonasi

Subtropik chalacho’l va cho’l zonalari

Tropik savannalar zonasi

Subekvatorial fasliy nam o’rmonlar zonasi

Ekvatorial mintaqaning tabiat zonasi


















Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyo hududining deyarli yarmi tog‘lardan iborat. Tog‘lardagi balandlik mintaqalarining soni va turi ularning geografik o‘rniga, balandligiga, yo‘nalishiga, havo oqimlariga ro‘para kelishiga bog‘liq. Tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa, balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi. Balandlik mintaqalarining almashinib kelishi Himolay (38° sh.k., 88° shq.u.), Alp (46° sh.k.,18° shq.u.) tog‘larining janubiy yonbag‘rida aniq namoyon bo‘ladi. Himolayning tog‘ etaklarida botqoqlashgan changalzorlar - terayalar joylashgan. Tuprog‘i qorabalchiq-botqoq, o‘simligi baland bo‘yli (5 m gacha) o‘t-o‘simliklar, sovun daraxti, mimoza, palma va bambuklardan iborat.Undan tepada tropik nam o‘rmonlar (ferrolit tuproqlar, asosiy o‘simligi dafna, palma), subekvatorial doimiy yashil o‘rmonlar (ferrolit tuproqlar, asosiy o‘simligi dub, magnoliya), subtropik doimiy yashil o‘rmonlar, bargini to‘kuvchi kengbargli o‘rmonlar (o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlar, yong‘oq, qayin, zarang), ignabargli o‘rmonlar (chalapodzol tuproqlar, oqqarag‘ay, tilog‘och), baland bo‘yli subalp va past bo‘yli alp o‘tloqlari (tog‘-o‘tloq tuproqlar), qor va muzliklar almashib keladi. Terayalarning iqlim sharoiti yerdan 2-3 marta hosil olish imkonini beradi. Odatda, yozda sholi, jut, shakarqamish, qishda esa arpa, grechixa va bug‘doy yetishtiriladi. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini qiyoslasak, shunday xulosaga kelish mumkin: baland tog‘lardagi mintaqalar soni qutblardan ekvator tomon ortib boradi.Agar bunday tog‘ qutbda bo‘lsa, bitta, agar taygada joylashsa, uchta, dasht zonasida joylashsa, yettita balandlik mintaqasi hosil bo‘ladi. Masalan, Kavkaz tog‘laridan qutbgacha qancha tekislik mintaqalari bo‘lsa, shu tog‘ning shimoliy yonbag‘rida shuncha balandlik mintaqalari tarkib topadi. Kavkaz tog‘ining shimoliy yonbag‘rida dasht, o‘rmon-dasht, keng bargli o‘rmonlar, aralash o‘rmonlar, ignabargli o‘rmonlar, subalp va alp o‘tloqlari, eng balandda qor va muzliklar almashinib keladi

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling