Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy


Download 1.14 Mb.
bet102/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy. Tekislikning shimolga qarab oqadigan daryolari Pechora, Mezin, Shimoliy Dvina, G‘arbiy Dvina sersuv daryolar hisoblanadi. Janubga qarab oqadigan eng yirik daryolar Volga, Dnepr va Ural daryolaridir.
Sharqiy Yevropa tekisligida ko‘llar ko‘p, ayniqsa, ular tekislikning shimoli-g‘arbida keng tarqalgan. Kareliya va Finlyandiyani «Ko‘llar mamlakati» deb atalishida haqiqat bor. Bunga sabab yer yuzasining tuzilishi va iqlim sharoitining qulayligidir. Ladoga, Onega ko‘llari, Kaspiybo‘yi pasttekisligidagi Elton, Bosqunchoq ko‘llari asosiy ko‘llardan hisoblanadi. Volga, Kama, Don va Dnepr daryolarida suv omborlari barpo etilgan.
Sharqiy Yevropa tekisligida kenglik zonalligi yaqqol ifodalangan. Bu o‘lkada shimoldan janubga tomon quyidagi tabiat zonalari birma-bir almashinib keladi: tundra, o‘rmon-tundra, tayga, aralash o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, dasht, chalacho‘l va cho‘llar. Ia« bir tabiat zonasi o‘ziga xos tabiat komponentlari bilan farqlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Jadvalni to’ldirish

Daryo

Ko’llar

Qirlar

Past tekisliklar

Suv omborlari
















O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 139 - 141 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling