Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Buyuk Xitoy pasttekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan


Download 1.14 Mb.
bet104/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Buyuk Xitoy pasttekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Ular insonning ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyati natijasida to‘liq o‘zlashilrilgan. Shuning uchun o‘lkaning sharqiy qismidagi fasliy (musson) nam o‘rmonlar zonasi, g‘arbidagi dasht zonalarida antropogen landshaftlar tarkib topgan. Oz bo‘lsa-da, mangra, qarag‘ay, eman, paporotnik, magnoliya o‘simliklari uchraydi. Dehqonlar pasttekislikning shimolida yiliga ikki marta, janubida hatto uch marta hosil yetishtiradilar. Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini Janubiy Xitoy past burmali tog‘lari egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2000 m gacha ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan. Bu hududlar iqlim sharoitiga ko‘ra subtropik va qisman subekvatorial mintaqada joylashgan. Musson shamollari past tog‘larga ko‘p yog‘in keltiradi. Xuanxe va Yanszi daryolari havzalarining katta maydonlarida paxta, janubiy qismida shakarqamish, apelsin, mandarin, ananas va bananlar yetishtiriladi. Bu o‘lkaning asosiy ekini sholi va dunyoga mashhur xitoy choyi hisoblanadi. Bundan tashqari, bug‘doy, soya, tariqning bir turi - gaolyan ham yetishtiriladi.
Sharqiy Osiyo o‘lkasi turli xil foydali qazilmalarga boy. Janubiy Xitoy past burmali tog‘lari qalay va volfram foydali qazilmalari bilan mashhur. Xitoy bu qazilmalarning zaxirasi jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Sharqiy Xitoyda toshko‘mir va temir rudasining zaxirasi juda katta.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Geografik diktant .
1.Yillik yog’in miqdori shimolda…….mm, janubda ……..mm. (500, 1000)
2. Bu o’lkaning asosiy ekini……… va dunyoga mashhur _____ ________ hisoblanadi. (sholi, Xitoy choyi)
3. Eng yirik ko’llaridan biri _______ ko’lidir. (Tayxu)
4. Sharqiy Xitoyda _____________ va __________ rudasining zaxirasi juda katta.
(toshko’mir, temir)


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 141 - 142 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.

Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling