Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet100/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Karpat tog‘lari
Karpat tog‘lari yangi tog‘ burmalanishlari, vulqonlar ta'sirida hosil bo‘lgan. Unda foydali qazilmalardan neft, gaz, ko‘mir, temir va marganets rudalari, rangli va nodir metallar, kaliy hamda osh tuzlari mavjud. Karpat tog‘lari daryolarga boy. Undan boshlanadigan Tisa, Olt, Prut, Seret daryolari Dunayga quyiladi. Shimolga oqadigan Elba, Oder, Visla daryolari ham Karpatdan boshlanadi. Karpatning eng katta tabiiy boyligi tog‘ o‘rmonlaridir. Unga o‘rmonli Karpat deb nisbat berilishi bejiz emas. Tog‘ yonbag‘irlarida keng bargli o‘rmonlar (buk, eman, zarang, qora qarag‘ay) tarqalgan. Eng baland joylari ham tog‘ o‘rmonlari bilan qoplangan. Ular polonilar (yaylovlar) deb yuritiladi. Pasttekisliklarda ahyon-ahyonda pushta deb ataluvchi dashtlar saqlanib qolgan.
Karpat tog‘larida, asosan, qo‘ng‘ir ayiq, to‘ng‘iz, silovsin, olmaxon, suvsar kabi hayvon turlari ko‘p uchraydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Relyeflarni izohlang

1) Karpat
2) Alp
3) Monblan
4) Drava
5) Jeneva
6) Boden
7) Grand – Paradiza
8) Baland Tatra

O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 137 - 139 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.

Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”




Mavzu: Sharqiy Yevropa


Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Sharqiy Yevropa haqida umumiy nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish
2. Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A1+
Mamlakatimizning cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni muhofaza qilish haqida biladi va aytib bera oladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling