Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet103/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mavzu: Sharqiy Osiyo
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Sharqiy Osiyoning asosiy xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish
A2+
Turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar bilan izohlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash


O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Nima sababdan Sharqiy Yevropa tekisligida iqlimning kontinentalligi g’arbdan
Sharqqa va shimoldan janubga qarab orta boradi.
2) O’lkadagi tabiat zonalari haqida nimalarni bilasiz.
3)Sharqiy Yevropa tekisligida qanday daryolar bor .


Yangi mavzu bayoni:
Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy qismini, Koreya yarimorolini, Yapon va Filippin orollarini egallaydi. Bu o‘lka shimoldan va janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir necha ming kilometrga cho‘zilgan. Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu hudud Buyuk Xitoy pasttekisligiga mos keladi. Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo‘lmagan Shandun tog‘i ko‘tarilib turadi.
Buyuk Xitoy pasttekisligining shimoliy qismi iqlimi mo‘'tadil, mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish quruq, sovuq (-6°C), janubda iliq (+3°C) bo‘ladi. Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati +26°C. Yillik yog‘in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1000 mm. Yog‘inning qariyb 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Musson yomg‘irlari vaqtida tekislik daryolari juda to‘lib oqadi. Suv toshqinlarining oldini olish maqsadida daryo bo‘ylariga damba - to‘siqlar qurilgan. Bu pasttekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Pasttekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ham ko‘p. Eng yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling