Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


A2 Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik ob’ektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi; Dars turi


Download 1.14 Mb.
bet99/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

A2
Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik ob’ektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi;
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash


O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz?
2) Yevropa qanday tabiiy – geografik o’lkalarga bo’linadi?
3) Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalarga bo’linadi?


Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyo materigi tarixiy-geologik rivojlanishi va tabiatining xilma-xilligiga ko‘ra ikkita, Yevropa va Osiyo qit'alariga ajratilgan. Yevropa qit'asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham ko‘plab kichik tabiiy-georgafik o‘lkalarga ajratishgan. Masalan, Shimoliy Yevropaga Fennoskandinaviya, Islandiya, Shpitsbergen orollari, O‘rta Yevropaga Alp-Karpat tog‘lari, pasttekisliklar, qadimgi yassitog‘liklar (Buyuk Britaniya, Irlandiya orollari), Janubiy Yevropaga esa Pireney, Apennin va Bolqon yarimorollari va O‘rta dengizdagi orollar, Sharqiy Yevropaga Sharqiy Yevropa tekisligi va Kaspiybo‘yi pasttekisligi tegishli. O‘rta Yevropa kichik o‘lkasi tarkibidagi tabiiy-geografik oblastlardan biri Alp-Karpat tog‘laridir.
Geografik o‘rni. Alp-Karpat tog‘lari kichik o‘lkasi Yevropadagi baland, uzun va ulkan tog‘lardan hisoblanadi. Bu o‘lka G‘arbiy Yevropaning markaziy qismida joylashgan. Alp tog‘ burmalanishi da vujudga kelgan eng yosh tog‘lardan hisoblanadi. O‘z navbatida, bu kichik o‘lka tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladigan mustaqil Alp va Karpat tog‘lariga bo‘linadi. Alp tog‘lari yoy shaklida g‘arbdan sharqqa 1200 km masofaga cho‘zilgan. Tog‘ tizmasi qaysi davlatlar hududida joylashganiga qarab Fransiya Alpi, Italiya Alpi, Shveytsariya Alpi, Vengriya Alpi deb ham atashadi. Alp tizmalari bir-biridan tog‘ vodiylari bilan ajralib turadi. Alp tog‘larining eng baland joyi uning g‘arbiy qismida joylashgan besh qirrali Monblan cho‘qqisidir (4807 m). Alp tog‘larining shimoliy etaklari va yassitog‘liklarida podzol tuproqlar tarkib topgan. Tog‘ yonbag‘irlari buk va eman o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar tagida qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi. Karpat tog‘lari O‘rta Yevropaning sharqiy qismida joylashgan, yoysimon shakldagi tog‘ sistemasidan iborat bo‘lib, tabiiy xususiyatlariga ko‘ra uch qismga - G‘arbiy Karpat, Sharqiy Karpat va Janubiy Karpat tog‘lariga bo‘linadi. Karpat tog‘larining uzunligi 1500 km, o‘rtacha balandligi 800-1200 m, eng baland joyi Baland Tatra tog‘idagi Gerlaxovski-Shtit cho‘qqisidir (2655 m).

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling