Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet107/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Kommunikativ kompetensiya:
A2
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish;
muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda yozilishini bilish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:

  1. Markaziy Osiyoning relyef shakllari qanday?

  2. Markaziy Osiyo iqlimiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

  3. O’lkada qanday iqlim mintaqalarining tabiat zonalari mavjud?

  4. Markaziy Osiyoning eng baland va eng past nuqtalarini ayting

Yangi mavzu bayoni:
Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubida joylashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassitog‘likdan tashkil topgan Hindision yarimorolini va allyuvial yotqiziq lardan hosil bo‘lgan Hind-Gang pasttekisligini o‘z ichiga oladi. Quyida ularga umumiy tabiiy-geografik tavsif beramiz.
Himolay «qorlar makoni» demakdir. U Tibet tog‘ligi va Hind-Gang pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uzunligi 2400 km ga va eni 200-300 km ga cho‘ziladi. O‘rtacha balandligi 6000 m. Bu tog‘ tizmasida har biri 8000 m dan baland 11 ta cho‘qqi bor. Eng balandi Jomolungma cho‘qqisi - 8848 m.
Himolay tog‘lari Alp burmalanishida shakllangan bo‘lib, yosh tog‘lar tizimiga kiradi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasi shu hududdan o‘tadi. Bu mintaqa o‘ta faol bo‘lib, unda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi.
Gang pasttekisligi. Himolay tog‘laridan janubda uzunligi 3000 km ga boradigan Hind-Gang pasttekisligi joylashgan. Bu pasttekislik tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va tog‘lardan tushgan nuroq jinslar bilan to‘la borgan. Hind vodiysida tropik, Gang vodiysida esa subekvatorial musson iqlim tarkib topgan. Aprel-may oylarida havo juda isib, harorat +40°C dan ham oshadi, daryolar suvi kamayib ketadi. Iyun oyidan boshlab musson shamollari yog‘in olib keladi, harorat pasayadi va tabiat jonlanadi. Gang daryosining quyi oqimida yog‘in miqdori 2500 mm ga yetadi Bu yerda yomg‘ir vaqt-vaqti bilan jala tarzida yog‘adi va suv toshqinlari bo‘lib turadi. Lekin Hind daryosining sharqida iqlim qurg‘oqchil, yomg‘ir juda kam yog‘adi. Hatto bu yerdagi Tar cho‘lida yiliga 100-150 mm yog‘in yog‘adi. Chunki pasttekislikning g‘arbida tropik iqlim hukmron, iyul oyining o‘rtacha harorati +35°C, yanvarda +20°C ga teng.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling