Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar
Download 149.9 Kb.
|
9-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS REJASI № Darsning tarkibiy qismi
- Yangi mavzu bayoni
- Esda saqlang.
- 202-mashq.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2; b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. Dars uslubi: an’anaviy. Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi. Topshiriq. Matnni o‘qing. Matn tuzuvchining maqsadini aniqlashga harakat qiling. Otamning ogitlari Tuman gazetasiga kichik-kichik xabarlar yozib turardim. Bir kuni rahmatlik otam yonlariga chaqirib: - Mayda-chuyda xabarlar yozishingni qo‘y, o ‘g ‘lim. Endi kattaroq bir narsalar yozgin, to‘rt odam o ‘qib, bir-biriga aytadigan bo‘lsin! - dedi. (A. Jo ‘rayev)
Esda saqlang. Mazkur maqsadlarga muvofiq matnlarning quyidagi turlari farqlanadi: 1) hikoya matni; 2) tasviriy matn; 3) muhokama matni. 200-mashq. Matnni o‘qing. Yozuvchining ≪Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q≫ matalining mazmuni borasidagi muhokamasiga munosabatingizni bildiring. ≪Oldingdan oqqan suvning qadri y o ‘q≫ deydilar. ^C h in d an ham shunday. Oldimizdan oqqan suvni uvol qilsak - chidaydi. Qo‘limizni yuvsak - chidaydi. Betimizni chaysak - chidaydi. Boringki, oyog‘imizni yuvsak ham - chidaydi. Ammo... Oldimizdan oqqan suvga tupursak, cho‘p tiqib loyqalatsak, boshidan mag‘zava ag‘darsak... Oldimizdan oqqan suvning gunohi nima o ‘zi?! (O ‘.Hoshimov)
Shundan keyin har kuni kelib, xabar olib turish odatim bo‘lib qoldi. Uni davolayotgan shifokorlar bilan uchrashib, ahvolidan xabar olib turdim, yaxshiroq qarashlarini iltimos qildim. Uchto ‘rt kun o‘tgandan keyin o ‘rnidan turib yuradigan bo‘ldi. Meni ko‘rganda, chehrasi ochilishini sezib, bir qadar sevinib qo‘ydim. Kasalxona bog‘iga chiqib o ‘tirib, ancha-muncha suhbatlashadigan bo‘lib qoldik. Oramizdagi rasmiy munosabat xiyla arib, qandaydir inoqlik paydo bo‘ldi. (U.Nazarov)
Afrika qabilalaridan birida jinoyat qilgan odamni sazoyi qilish, qamab qo‘yish, qatl etish degan gaplar yo‘q ekan. Tanho o‘zini qabiladan haydab yuborisharkan, xolos... Aslida, odam uchun yolg‘izlik eng oliy jazodir. (O‘.Hoshimov) Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar: 1. Matn deb nimaga aytiladi? 2. Matnning turlarini sanang. 3. Hikoya matni qayerlarda qo‘llanadi? Download 149.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling