Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet73/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Quyida berilgan gapni o‘qing, unda qanday maqsad ifodalangani haqida matn tuzing. Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmagandek. (Zamaxshariy)

268-mashq. Matnni o‘qing. Unda ifodalangan g‘oya haqida fikrlashing. Muhokama matni borasidagi mulohazalaringizni bayon qiling.

Taqdir taqozosi bilan badaviylar oilasida tug‘ilsam, ellik darajali issiqda quturgan qum bo‘roni men uchun eng go‘zal manzara bo‘lur edi.

Taqdir taqozosi bilan eskimoslar oilasida tug‘ilsam, ellik darajali sovuqda qor bo‘roni men uchun eng go‘zal manzara bo‘lur edi...

Men O‘zbekistonda tug‘ilganim bilan faxrlanaman. (O ‘. Hoshimov)


269-mashq. Toshkent haqida bilganlaringizni ayting. Ular asosida og‘zaki matn tuzing.
270-mashq. Matnni o‘qing, mazmunini qayta so‘zlab bering. Siz ham o‘z qo‘lingiz bilan biror tup ko‘chat ekkanmisiz?

Qadimda bir boy o ‘tgan ekan. Shu odam bozorga borganda, odamlar meva-cheva olgach: ≪Ekkanga rahmat, tikkanga rahmat≫, - deb ketayotganini eshitib qolibdi. Kelasi yili chorakorlariga buyurib, bog‘-rog‘ barpo etibdi. Vaqti kelib shu bog‘ning mevasidan odamlar bahramand bo‘lishibdi. Kelganlar: ≪Ekkanga, tikkanga rahmat!≫ dermish-u, ≪Egasiga rahmat!≫ deb aytmasmish. Shunda boy halol mehnatning savobi ulug‘ligini anglab yetib, kelasi yili o ‘z qo‘li bilan bog‘ yaratibdi. (X. To‘xtaboyev)


271-mashq. Mashhur sportchi, olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinovning gaplariga e’tibor bering. Siz ham chempion bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ko‘proq kitob o‘qing!

Tarixiy kitoblarni ko‘p o ‘qiyman. Ular menga ilhom beradi, dunyoqarashimni kengaytiradi. Qayerga borsam, o‘sha yerning tarixini yaxshiroq o‘rganishga harakat qilaman. Tarix kitoblarida urushlar haqida ham yoziladi. Urushni yomon ko‘raman. Tinch yurtda tug‘ilib, tinchliksevar odamlar orasida ulg‘ayganim uchun eng qadrli ne’mat tinchlik-osoyishtalik ekani kitob o ‘qiyotganimda ham xayolimdan ketmaydi.


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: 272-mashq. ≪O‘zbek farzandi bo‘lganimdan faxrlanaman!≫ mavzusida matn tuzing. Matnda qo‘llangan so‘zlar va tinish belgilariga izoh bering.
O‘IBDO‘: _______


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling