Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet68/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

258-mashq. Gaplarni o‘qing, tuzilishiga ko‘ra turlarini ayting. Hikmatlardagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.

1. Vafosizda hayo y o ‘q, hayosizda vafo y o ‘q. (Alisher Navoiy) 2. O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to ‘g ‘ridir, o ‘rinsiz ko‘p vaysagan til shafqatsiz yovdir. (Ahmad Yugnakiy) 3. Har kishi kasb-korni yaxshi bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. (Forobiy) 4. Gap qancha yaxshi bo‘lsa,

u shuncha qisqa bo‘ladi. (Abdulla Qahhor) 5. Vijdonli kishi xavfdan holi yashasa, xiyonat qilgan kishi behalovat yashaydi. (Zamaxshariy)
259-mashq. O‘qing. Gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratib yozing, ularni nima asosda ajratganingizni ayting.

Odamning boshqa jonzotlardan farqi nimada? Odamda xotira bor, o ‘tganlarni eslab turadi. Odamda farosat bor, tez va to ‘g ‘ri fahmlab oladi. Odamda tasavvur bor, xayoliga nimaningdir yoki kimningdir suratini keltira oladi. Odam harom bilan halolning farqiga bora oladi. Masalan, toza bilan pok tushunchalari o ‘rtasida katta farq bor. Ko‘rinishdan

toza ko‘ringan narsa pok bo‘lmasligi, aslida pok narsa top-toza ko‘rinmasligi mumkin. Buni anglay olish uchun odamda mantiq qudrati bor. Odam iffatni qadrlaydi, bu butun odamzodga xos fazilatdir. («Vatan tuyg‘usi» darsligidan)
260-mashq. Moturidiy bobomizning o‘gitlariga diqqat qiling, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor bering.

1. Sabrli bo‘l, murodingga yetasan. 2. Har bir ishda hamkor izla. 3. Kam gapir, oz yegin-u kam uxla. 4. Ilmda hammadan kamtar bo‘l. 5. O‘rgan va o ‘zgalarga o ‘rgatgin. 6. Rost gapir-u o ‘zgalarning aybini kovlama. 7. So‘ramasalar javob berma, aytmagan joyga borma. 8. Qalbingni hasad o ‘ti bilan kuydirma.


261-mashq. Matnni o‘qing, undan olgan taassurotingizni qayta hikoya qilib bering.

Bugungi kunda O‘zbekistonimizda ertaklarda ham y o ‘q ulkan ishlar - bir yuz yigirma uch kilometr uzunlikdagi ≪Angren - Pop≫ temir y o ‘li qurib bitkazildi. Dengiz sathidan qariyb bir yarim ming metr balandlikda joylashgan, uzundan uzun tog‘larni kesib

o‘tadigan, o ‘n to ‘qqiz kilometrdan ziyod tunneldan iborat y o ‘lning foydalanishga topshirilishi juda katta tarixiy voqea bo‘ldi. U nafaqat vodiyga yo‘l ochdi, ayni paytda Yevropa va Osiyo qit’alarini bir-biriga bog‘ladi. Bu y o ‘l nafaqat oddiygina temiryo‘l,

balki tom ma’noda oltin vodiyning oltin y o ‘li bo‘ldi. (Ziyovuddin Mansur)



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Qo‘shma gaplar deb nimaga aytiladi?

2. Qo‘shma gaplar necha turli bo‘ladi?

3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap deb nimaga aytiladi?

4. Bog‘langan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi?

5. Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling