Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet66/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

TUSHUNTIRISH XATI

Men onamning qattiq betobligi tufayli o‘n kun davomida darslarga kela olmadim. Qoldirgan darslarimni o‘zlashtirib olishga va’da beraman.

Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnoma.

(sana) (imzo) K. Salimov



254-mashq. Ko‘chiring. O‘ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.

Termiz tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim

maktabi direktori K.Komilovga

9-sinf o‘quvchisi H.Akbarovdan

ARIZA

Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 9-≪A≫ sinfiga o‘tkazishingizni so‘rayman.



(sana) (imzo) H. Akbarov
255-mashq. ≪Ish yuritish≫ amaliy qo‘llanmasi (Toshkent: ≪O‘zME≫ nashriyoti, 2015) kitobidan olingan parchani o‘qing, ma’lumot-axborot hujjatlari haqidagi tavsiflarni esda saqlang.

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida, ayniqsa, ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, hisobot kabi hujjatlarni o ‘z ichiga oladi. Xususan,

ariza - muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o ‘quvchisi va talaba, agronom yoki fermer,

muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a ’zosi ariza yozadi. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g ‘oyat xilmaxildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy ta ’lim

muassasasi rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib, hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Ish yuritish hujjatlariga nimalar kiradi?

2. Arizada nimalarga e’tibor beriladi?

3. Ish yuritish hujjatlari qanday turlarga bo‘linadi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling