Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet63/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

1-topshiriq. Bobo va nabiraning suhbatini o‘qing, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlarini izohlang.

- Olam borgan sayin go‘zal bo‘lyapti-a, bobojon?

- Yashin tutgan suvoriy uyg‘oq-da, bolajon!

- Hamma odamlar halol, mehribon...

- Yashin tutgan suvoriy uyg‘oq-da, bolajon!

- Bobojon, yashin tutgan suvoriy kim o ‘zi?

- Bu sen! Sening kelajaging, bolam.

- Yashin-chi?

- Sening gard yuqmagan vijdoning, bolam! (Temur Ubaydullo)
2-topshiriq. Yuqoridagi matn asosida ≪Vijdon nima?≫ mavzusida og‘zaki matn tuzing.

3-topshiriq. ≪O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari≫ kitobi (Toshkent: ≪O‘zbekiston≫, 2015)dan olingan qoidani ko‘chiring va uni esda tuting. Berilgan misollarga o‘xshash gaplar tuzing.

Undovlar gapning boshida kelganda, undan keyin, gap o ‘rtasida kelganda, har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa undan oldin vergul q o ‘yiladi: Ajabo, sening qismating biznikidan farqli emas midi? (Isajon Sulton) Voy, muncha ochilib ketibsan! (O.Yoqubov) Shu tobda bir g ‘aram bedaning ustiga chiqib cho ‘zilsang bormi, oh, buning gashtiga nima yetsin! (Murodjon Mansur) Vaqt-soati yetganga o ‘xshayapti,



uf-f! (Xurshid Do ‘stmuhammad) Ammo gapda undalmalardan oldin kelgan undovlar odatda undash, murojaatni kuchli darajada ifodalash uchun xizmat qiladi, shuning uchun

undalmalar oldidan kelgan undovlardan so‘ng odatda vergul q o ‘yilmaydi: Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil. (Furqat)



Ey qotil, nega shunday azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan) Kunlar g ‘animat, e o g ‘a, bu davr-u davron qaytmagay. (Anvar Obidjon)
4-topshiriq. Matnni yozma davom ettiring, tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. Suvga nisbatan qanday munosabatda bo‘lasiz?

Suv - ilohiy ne’mat. Uni toza saqlash uchun, avvalo, suvga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak. (Sh. Kenjaboyev)



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Nuqtadan qaysi o‘rinlarda foydalaniladi?

2. Vergulning ishlatilish o‘rinlariga misollar keltiring.

3. So‘roq belgisi ishlatilgan gaplarga misollar ayting.

4. Undov belgisi ishlatilgan gaplarga misollar keltiring.

5. Ikki nuqtadan qaysi o‘rinlarda foydalanamiz?

6. Nuqtali vergul qo‘llangan gaplarga misollar keltiring.

7. Tire qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?

8. Qavsdan qanday maqsadlarda foydalanamiz?

9. Qo‘shtirnoqning qo‘llanilishiga misollar ayting.

10. Ko‘p nuqtadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling