Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet71/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

263-mashq. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib, yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap shaklida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.

1. ≪Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf — Vatan ozodligi uchun xizmat qilish≫, - deydi A. Oripov. 2. ≪Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, - deb yozadi Abdulla Avloniy, - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir≫.

3. Oybek shunday deydi: ≪Xalqning chin o‘g‘illari uchun xalqqa samimiy xizmatdan ko‘ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo‘q≫.

264-mashq. Ko‘chirma gaplarni toping, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.

1. ≪Esli odam so‘z boshlamas ≪men≫ bilan...≫, - degan edi turkman shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demish: ≪Kishi yaxshiligi ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidan ma’lum≫. 3. O‘zbek xalq maqollaridan birida: ≪Odam qo‘li - gul, cho‘lni bo‘ston qiladi≫, - deyilgan. 4. ≪Tandan ham aql ortiq, biz ana shu aqlga tanni bo‘ysundirishimiz kerak≫, - deb yozgan edi qozoq shoiri Abay. 5. ≪Aql, - deb yozadi Jaloliddin Rumiy, - aqldan quvvat oladi≫.


265-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni aniqlang. Ko‘chirma gap qanday tinish belgisi bilan yozilganini ayting.

≪Navbatdagi safarga hozirlik ko‘ryapmiz, - dedi Zokirjon aka. – Bu galgi yo‘nalishimiz - Hindiston. Sizning taklifingizni bilmoqchiman≫. ≪Juda yaxshi, qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko‘p≫, - dedim men. Zokirjon aka gapimni bo‘ldi. ≪To‘xtang endi, - dedi u. - Siz mendan ham fidoyi chiqib qoldingiz. Birinchi safarimizda bir-ikki

gaplashdig-u, lekin, mening nazarimda, o‘zingiz uncha qiziqmadingiz. Ikkinchidan, bizda ham tajriba yo‘q, kimni olib, kimni qo‘yishni bilmay, rosa qiynalganman, shuning uchun bu gal o‘zingiz birga bo‘lsangiz. Boshqa o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishyapti≫.

Ekspeditsiya rahbari Zokirjon Mashrabov uchinchi safarga uzoq, puxta hozirlik ko‘rdi. (Qamchibek Kenja)



266-mashq. Ilm haqida bilgan maqollaringizni o‘zlashtirma gap shaklida yozing.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap deb qanday gapga aytiladi?

2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap qanday qismlardan tashkil topadi?

3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday tinish belgilari bilanyoziladi?

4. O‘zlashtirma gap deb qanday gaplarga aytiladi?

5. Ko‘chirma gaplar qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantiriladi?



Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling