Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet11/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

160-mashq. O‘zbek xalq maqollarini o‘qing. Yaxshi va yomon so‘z haqida suhbatlashing. Tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor bering. Gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantiring, o‘rtadagi farqlarni tushuntiring.

1. Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. 2. Donning achchig‘i yaxshi, So‘zning - shirini. 3. Duo olgan omondir, Qarg‘ish olgan yomondir. 4. Yomon gap - bosh qozig‘i, Yaxshi gap - jon ozig‘i. 5. Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.



161-mashq. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirib ko‘chiring. Farqlarini tushuntiring.

1. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi: oziq-ovqat, yonilg‘I tugayapti. 2. Mana, shohona bo‘lmasa-da, boshpana kulbamiz bor, tanishib olamiz, gurunglashib chiqamiz.

3. Tashqarida sovuq zabtiga olgan, izg‘irin uvullab, qor bo‘ralab yog‘ardi. 4. Vaqt ham allamahal bo‘ldi, yigitlar, biz ham endi yotib uxlaylik. (T. Shomurodov)
162-mashq. Matnni ko‘chiring. Undagi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni yana qanday qo‘shma gaplarga aylantirish mumkin?

1. Har qanday yumushni boshlashdan oldin uchta qoidaga amal qil. Birinchidan, niyating pok bo‘lsin: Xudo seni qo‘llaydi. Ikkinchidan, borar manzilingni aniq belgilab ol: yo‘ldan adashmaysan. Uchinchidan, matonatli bo‘l: ortga chekinmaysan. (O' .Hoshimov)



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplarga aylantirilganda, uning qaysi tomoni o‘zgaradi?

2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar bir-biri bilan qanday vosita yordamida bog‘lanadi?

3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda qanday tinish belgilaridan foydalaniladi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling