Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet14/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

164-mashq. She’rni o‘qing. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan qo‘shma gaplarga aylantiring va ular orasidagi farqlarni tushuntiring.

Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi,

Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,

Zamon keldi, Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.

Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz,

Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz.

Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda,

Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda.

Oldindadir hali hikmat, oldindadir imkonimiz,

Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,

Zamon keldi, Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz.

(A. Oripov)

165-mashq. Quyida berilgan ergashgan qo‘shma gaplarni bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga aylantiring va ular orasidagi farqlarni tushuntiring.

1. Kelinimga ko‘z tegmasin deb, isiriq tutatgandim. (O‘.Hoshimov) 2. Gazetani

o ‘qimagan bo‘lsangiz ham, mana, hammasidan xabardor ekansiz-ku. (Erkin A ’zam)

3. Suhbatingizga sira to ‘ymayman, chunki qalbingiz, tuyg‘ularingiz, muhabbatingiz

ushbu qor singari beg‘ubor. (Xurshid Do ‘stmuhammad) 4. Dam oluvchilar sayrga ketishgan, shuning uchun atrofda shovqin y o ‘q edi. (Tohir Malik) 5. Said G‘afforbek bunday murojaatni kutmagan edi, shu bois javobga shoshilib qoldi. (Tohir Malik)


166-mashq. Quyida berilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni ko‘chiring, ularda ilgari surilgan g‘oyalarga munosabat bildiring. Sabr haqida o‘z fikringizni ayting.

1. Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o ‘z xatosini tan olmaydi. (Sitseron)

2. Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo‘l, ikki olam bo‘lur seniki. (Nizomulmulk) 3. Sabr bilan yumush bitar, sabrsizlar o ‘z oyog‘idan ketar. (Sa’diy)

4. Zakovat qorong‘i tundagi mash’al kabidir, bilim nur taratuvchi yorug‘likdir. (Yusuf Xos Hojib) 5. Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi. (A.P. Chexov)


167-mashq. Qadimgi Rim faylasufi Senekaning ≪Yoshlikning o‘tayotganini hech kim his qilmaydi, lekin u o‘tib ketganidan keyingina

hammaga seziladi≫ degan gapi asosida quyidagi savollarga javob bering.

Javoblaringizda qo‘shma gaplardan foydalaning.

1. Yoshlik nima?

2. Yoshligingizni qanday foydali ishlarga sarf etmoqdasiz?

3. Yoshlikda inson qaysi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?


168-mashq. Quyidagi so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozing va ular ishtirokida qo‘shma gaplar tuzing

BARDOSH 1 Chidam, sabr, toqat, dosh berish quvvati. 2 Iroda, qat’iyat.

MURUVVAT Odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik; saxovat, himmat.

SHIJOAT Harakat, faoliyatda mardona, jasoratli intilish; mardlik, jasorat.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling