Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet16/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Tinish belgilarining ishlatilishiga e’tibor bering. «Hali ko ‘nglingiz

g‘unchaday yosh, ota», - dedi Sayramov. (Oybek)

Bilib oling. So‘zlovchi ba’zan o ‘z nutqida birovning gapini aynan keltiradi. Birovning aynan keltirilgan gapi k o ‘chirma gap, so‘zlovchining gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan qo‘shma gapga

ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi.


170-mashq. Ko‘chiring. Gaplar tarkibidagi muallif gapi va ko‘chirma gapni ajrating. Tinish belgilarini izohlang.

Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi:

≪Sen meni qo‘yib yuborsang, barcha do‘stlarimni aldab kelib, tuzog‘ingga tushirib beraman≫. Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: ≪Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o ‘lgani yaxshi≫.
171-mashq. Matnni o‘qing, ko‘chirma gaplarni aniqlang, ularning muallif gapidan farqini tushuntiring.

Bir kishi ulug‘ bir hakimning ziyofatiga bordi. U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi va so‘z orasida: ≪Ko‘p so‘zladim. Endi so‘zlashni bas qilay≫, - dedi. Hakim unga e ’tiroz bildirdi: ≪Yo‘q, sen hali so‘z so‘zlaganing y o ‘q!≫ Dag‘al tillar go‘zal so‘zlar bunyod etmas, To‘ti hech vaqt qarg‘a nutqin irod etmas. (≪ To‘tinoma≫)


172-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni aniqlab, ularning joylashish o‘rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e’tibor bering.

Payg‘ambardan bir kishi so‘rabdi: ≪Ey Rasululloh, men kimni hurmat qilay?≫ ≪O‘z onangni≫, - deb javob beribdi Payg‘ambar. U yana so‘rabdi: ≪Onamdan boshqa yana kimni?≫ Payg‘ambar: ≪Onangni≫, - deb javob beribdi. Haligi kishi uchinchi marta

so‘raganida ham ≪Onangni≫ degan javobni olibdi. U to ‘rtinchi marta o ‘z savolini qaytarganida, Payg‘ambar: ≪O‘z otangni, so‘ngra yaqinlaringni va qarindoshlaringni≫, - deb javob beribdi. (Hadis)
173-mashq. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘rtta misol keltirib, ko‘chirma gapning o‘rni va tinish belgilarini izohlang.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Qanday gaplarga ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi?

2. Ko‘chirma gaplar qanday tinish belgisi bilan yoziladi?

3. Muallif gapi va ko‘chirma gapning joylashishi haqida gapiring.




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling