Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet24/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Gaplarni solishtirib, farqlarini ayting. 1. «Tabiat - bizning onamizdir», - dedi muallim.

2. Muallim tabiat onamiz ekanligini aytdi.


Bilib oling. Hech bir o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o ‘zganing gapi k o ‘chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o ‘zgartirilgan o ‘zganing gapi esa o ‘zlashtirma gap hisoblanadi.


185-mashq. O‘qing. Avval ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni, so‘ng o‘zlashtirma gaplarni ko‘chiring.

1. O. Hojiyeva xalqni og‘ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‘ o‘zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. 2. Amakim bizga uqtirdi: ≪Bir-biringiz bilan ahil bo‘linglar!≫. 3. G‘afur G‘ulom Erkin Vohidovning mudragan aruzni uyg‘otib yuborganini, uni arab, fors so‘zlaridan tozalab, sof o‘zbek g ‘azalini yaratayotganini gapirdi. 4. Abdulla Qahhor jilmayib: ≪Odamzod hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi≫, - dedi.



186-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni aniqlang.

1. Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini ta ’kidlagan edi. 2. Xurramiy deydi: ≪Chiroyli xulq bilan inson insondir≫. 3. Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi. 4. ≪Yaxshi fe’l bilan kishilar ko‘nglini olib, o ‘zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha≫, - deydi Ahmad Yugnakiy. 5. Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo ‘qligi haqida aytib o‘tilgan.



187-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib, ko‘chiring.

Uyimiz yaqinidagi jiydazorda mol boqardik. Kunlardan birida chakalakzor ichidan temir qoziq topib oldim. O‘sha kuni echkimning arqoniga temir qoziq bog‘lab, uyga keldim. Dadam ovqatdan keyin qoziqni ko‘rib qoldi.

- Kimniki?

- Topib oldim, - dedim.

- Qayerdan?

- Jiydazordan.

- Hozir joyiga oborib qo‘y. Qayerdan olgan bo‘lsang, o ‘sha yerga olib borasan...

Qoziqni o ‘sha o‘zim topgan joyga tashlab kelguncha o‘takam yorilay dedi.

- Shunaqa bo‘ladi, - dedi dadam. - Ikkinchi birovning narsasini olmaydigan bo‘lasan. O‘sha odam qoziqni qidirib yurgan bo‘lsa, ertaga sening qo‘lingda ko‘rib tanib qolsa, nima degan odam bo‘lamiz. (O ‘. Hoshimov)

188-mashq. To‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. Bu gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring.

1. Qanday gapga o‘zlashtirma gap deyiladi?

2. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling