Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet27/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Berilgan ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiring.

Qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting.



Donolar deydiki: «Vaqting ketdi - baxting ketdi».

Bilib oling. Ko‘chirma gap o ‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gapli qo‘shma gap sodda gap shaklini oladi.

190-mashq. Daftaringiz sahifasini ikki ustunga bo‘ling. Ustunning chap tomoniga to‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. O‘ng tomonida esa bu gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ayting.

Namuna:

1. - Qizim, umring uzoq 2. Yo‘lovchi qizga umri uzoq

bo‘lsin, - dedi yo‘lovchi. bo‘lishini tiladi.

191-mashq. Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlab, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring.

Sinf bo‘yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni velosipedi yoniga

yo‘latmas, menga bo‘lsa hammaga eshittirib: ≪Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?≫ - derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘chirayotgani uchun shunday qiladi. Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida, Iskandar aka payqab qoldi: ≪Sen do‘st emassan, - dedi Iskandar aka, - do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi≫. Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: ≪Bundan keyin

o‘qi. Endi daftar berish y o ‘q≫, - dedim. (A. K o ‘chimov)



192-mashq. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni ayting.

1. Qadimgilar demishki: ≪O‘z uyim - o‘lan to ‘shagim≫. 2. ≪Kamgaplik, - deydi Hamid Olimjon, - donolik y o ‘lining boshlanishi≫. 3. Mahmudxo‘ja Behbudiy: ≪Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir≫, - deb yozadi.

4. ≪So‘z - qolip, fikr - uning ichiga quyilgan g ‘isht≫, - deb yozadi Abdulla Qodiriy.

193-mashq. Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida suhbatlashing. So‘ng gaplarni ko‘chirma gapga aylantiring.

Yer - tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida yer miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib, kelgusi yil hosili uchun asrab turadi, o ‘ziga kuch to ‘playdi. Bahorda yer insonga o ‘z bag‘rini ochadi, saxiy mehrini sochadi.

(Y Sa ’dullayeva)

194-mashq. Matnni o‘qing, uni ko‘chirma gapga aylantiring.

Yiqilgan otingdan yurma o ‘pkalab,

G‘anim ranjidan ham chekmagin alam.

Egarda sobitlik ilmini o ‘rgan,

Dardingga ma’rifat davodir, bolam. (Amirqul Karim)

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1.Darak gap korinishidagi ko’chirma gap o’zlashtirma gapga qanday aylantiriladi?

2. So‘roq va buyruq gap shaklidagi gaplar-chi?

3. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalmaning o‘rni o‘zlashtirma gapda qanday bo‘ladi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling