Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy
Download 149.9 Kb.
|
9-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviyat daqiqasi
- Bilib oling. Ko‘chirma gap o ‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gapli qo‘shma gap sodda gap shaklini oladi. 190-mashq.
- Mustahkamlash
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi. Topshiriq. Berilgan ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiring. Qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting. Donolar deydiki: «Vaqting ketdi - baxting ketdi».
190-mashq. Daftaringiz sahifasini ikki ustunga bo‘ling. Ustunning chap tomoniga to‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. O‘ng tomonida esa bu gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring. O‘zlashtirma gap shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ayting. Namuna: 1. - Qizim, umring uzoq 2. Yo‘lovchi qizga umri uzoq bo‘lsin, - dedi yo‘lovchi. bo‘lishini tiladi.
Sinf bo‘yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni velosipedi yoniga yo‘latmas, menga bo‘lsa hammaga eshittirib: ≪Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?≫ - derdi. Bilaman, vazifani mendan ko‘chirayotgani uchun shunday qiladi. Bir kuni qiziq bo‘ldi. Yozma ishimni u ko‘chirayotganida, Iskandar aka payqab qoldi: ≪Sen do‘st emassan, - dedi Iskandar aka, - do‘st o‘rtog‘ini yengilning ostidan, og‘irning ustidan yurishga o‘rgatmaydi≫. Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: ≪Bundan keyin o‘qi. Endi daftar berish y o ‘q≫, - dedim. (A. K o ‘chimov) 192-mashq. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni ayting. 1. Qadimgilar demishki: ≪O‘z uyim - o‘lan to ‘shagim≫. 2. ≪Kamgaplik, - deydi Hamid Olimjon, - donolik y o ‘lining boshlanishi≫. 3. Mahmudxo‘ja Behbudiy: ≪Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir≫, - deb yozadi. 4. ≪So‘z - qolip, fikr - uning ichiga quyilgan g ‘isht≫, - deb yozadi Abdulla Qodiriy.
Yer - tabiatning in’omi. U xalqqa noz-u ne’mat beradi. Qish kunlarida yer miriqib dam oladi. U qor va yomg‘ir namlarini yig‘ib, kelgusi yil hosili uchun asrab turadi, o ‘ziga kuch to ‘playdi. Bahorda yer insonga o ‘z bag‘rini ochadi, saxiy mehrini sochadi. (Y Sa ’dullayeva)
Yiqilgan otingdan yurma o ‘pkalab, G‘anim ranjidan ham chekmagin alam. Egarda sobitlik ilmini o ‘rgan, Dardingga ma’rifat davodir, bolam. (Amirqul Karim)
1.Darak gap korinishidagi ko’chirma gap o’zlashtirma gapga qanday aylantiriladi? 2. So‘roq va buyruq gap shaklidagi gaplar-chi? 3. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalmaning o‘rni o‘zlashtirma gapda qanday bo‘ladi? Download 149.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling