Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet47/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Gapni o‘qing, nuqta va vergulning ishlatilish o‘rinlarini izohlang.

Shoshilish zo ‘riqishga olib keladi. Qadamingni o ‘rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. Qo ‘l harakatingga zo ‘r bersang, uni bunga urishtirib yuborishing, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib q o ‘yishing, aqlingni shoshiltirsang,

noto‘g ‘ri xulosalarga kelib qolishing mumkin. (T. Sodiqova)

Esda saqlang. Nuqta o ‘zbek tilida, odatda, his-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplar, atov gaplardan so‘ng qo‘yiladi.

Vergul uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish so‘z va birikmalar, ajratilgan bo‘laklar, tasdiq, ta ’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, y o ‘q, rahmat, x o ‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘zlardan keyin qo‘yiladi. Qo‘shma gaplarni tashkil qilgan soda gaplar orasida, ko‘chirma gap bilan muallif gapini ajratishda ham vergul qo‘llanadi.


226-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ularda ifodalangan g‘oya to‘g‘risida bahslashing. Tinish belgilarining qo‘llanishini izohlang.

1. Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo‘lib, sirting yaltirab, iching qaltirab turib, tirikman degandan ko‘ra o‘lim afzal. (Abay) 2. Yuragida qo‘ri bor odamning qo‘llari ham issiq bo‘ladi. (Abdulla Qahhor) 3. Kishini g ‘azab yoki shunga o ‘xshash his egallasa, uning qabul qilgan qarori, albatta, noto‘g ‘ri bo‘ladi. 4. Shunday harakat qilingki, birovga yuk bo‘lmang, balki hamroh bo‘ling. (Bahouddin Naqshband)


227-mashq. Rasm asosida ≪Bizning oilamiz≫ mavzusida og‘zaki matn tuzing. Og‘zaki matnni ko‘chirsangiz, qayerlarida nuqta va qayerlarida vergul ishlatishingizni tushuntirib bering.

228-mashq. Hikmatli so‘zlarni ko‘chiring, nuqta va vergulning ishlatilish o‘rinlarini izohlang.

1. Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir. (Muhammad Zehniy) 2. Xalq dengizdir, xalq to ‘lqindir, xalq kuchdir... (Cho‘lpon) 3. Ilm ham, ijod ham bahs bilan tirik. Ma’rifat izlagan inson xato qilishdan cho‘chimaydi. Ma’rifatli inson birovning xatosidan kulmaydi. (E. Vohidov) 4. O‘zi haqida o ‘ylamay, faqat elga bilim berish haqida

o‘ylagan olim kishi xuddi shamga o ‘xshaydi: u o ‘zini yondiradi va xalqni ziyoli qiladi.

(«Otalar s o ‘zi») 5. Kimdaki bo‘lmasa zamona g ‘ami, Yo olamdin emas, yo emas odami. (Pahlavon Mahmud)

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Nuqtadan qanday o‘rinlarda foydalaniladi?

2. Vergul qaysi o‘rinlarda qo‘yiladi?

3. Undalma, kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng nima uchun

vergul ishlatiladi?


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling