Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet44/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Ahmad Yugnakiyning hikmatli so‘zida qo‘llangan tinish belgilarini izohlang va undagi g‘oya to‘g‘risida fikrlashing. Eshitgil bilimlik nima deb aytur: «Adablar boshi tilni tiyib turishdur».

Esda saqlang. Yozuv madaniyatini takomillashtirish va savodxonlikni ta ’minlashda tinish belgilari alohida ahamiyatga ega. Siz bilasizki, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to ‘g ‘ri qo‘llash y o ‘l-yo‘riqlarini o ‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi

punktuatsiya deb nomlanadi. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to ‘g ‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta ’minlashda benihoya zaruriy vositadir.

221-mashq. Matnni o‘qing. Tinish belgilarining vazifalarini izohlang.

Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy: ≪Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil≫, - degan edilar. Darhaqiqat, inson qancha bilim va boylikka ega bo‘lmasin, uni so‘z, nutq bilan ifodalab bera olmasa, bunday bilim, malakaning

o‘zgalarga nafi bo‘lmaydi. (Q. Abdullayeva)
222-mashq. O‘. Hoshimovning kitob haqidagi fikrlarini o‘qing, gaplarda tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlarini izohlang.

O‘zingiz qanday kitoblarni o‘qigansiz? Ko‘p kitob o‘qish inson nutqiga qanday ta’sir qiladi?

Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qo‘shiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani ko‘zingiz bilan ko‘rib, qulog‘ingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, tasavvur qiling: siz kitob o‘qiyapsiz. Oq qog‘ozda qora chiziqlar – harflardan bo‘lak hech narsa yo‘q. Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari

ham... Ammo asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z oldingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo‘lib, o‘zingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz... Hech shubhasiz, badiiy adabiyot - dunyodagi sakkizinchi mo‘jiza!


224-mashq. Tog‘ay Murod asarlaridan olingan gaplarda qo‘llangan tinish belgilarini izohlang. Adibning qaysi asarlarini o‘qigansiz? Sinfdoshlaringizga taassurotlaringizni aytib bering.

1. O‘smirlar davra qurib kurash tushdi. 2. - Odamlar, Oqjarda ko‘pkari bo‘ladi! - dedi Nabi oqsoqol. - Xohlaganlar borsin! Eslaringda bo‘lsin, kechasi olish bo‘ladi. 3. Oti Momosuluv emish. Yuzlari kulchadaymi yo suluvmi? 4. Kun yoyildi, olam munavvar

bo‘ldi.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Tinish belgilarining ahamiyati haqida so‘zlang.

2. Tinish belgilarini tilshunoslikning qaysi bo‘limi o‘rganadi?

3. Tinish belgilarining sintaksis bilan qanday aloqasi bor?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling