Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet41/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Matnni o‘qing. Ular tarkibidagi sodda va qo‘shma gaplarni aniqlab, gaplar o‘rtasidagi bog‘lanishni tushuntirishga harakat qiling.

Bir kuni taomlar o ‘zaro bahslashib qolishibdi. «Men hammangdan zo ‘rman, - deb maqtanibdi norin, - eng aziz mehmonga meni tortishadi». «Yo‘q, men hammangdan



zo‘rman, - debdi palov, - bejiz meni palovxonto‘ra deyishmaydi». Bir chekkada mung‘ayib o ‘tirgan atalaning jahli chiqib ketibdi. «Bekor aytibsanlar, - debdi

u, - hammangdan ham men z o ‘rman - urush paytida hammang qochib ketib, dasturxonda bitta o ‘zim qolganman». (X.Sultonov)
Esda saqlang. Matn tarkibidagi gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda ham, qo‘shma ham bo‘laverishi mumkin. Ular mazmunan va mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Muayyan so‘z va grammatik shakllar bu bog‘lanishni ko‘rsatib turadi.
216-mashq. Azim Suyun qalamiga mansub ota-bola suhbatini o‘qing, qo‘shma gaplarni topib, izohlang. Gaplarning bog‘lanishi haqida fikr bildiring.

Bolaligimda otam bilan tog‘da cho‘ponlik qilar edim. Bir kuni ikkov buloq boshida o‘tirar edik, beixtiyor suvga tupurib yuboribman. ≪Suvga tupurma, bolam, - dedi otam, - harom bo‘ladi≫.

- Oqib ketayotgan suv ham harom bo‘ladimi? - dedim men.

- Ha, - dedi otam, - hamma haromlik bir tupukdan boshlanadi.


217-mashq. Matnni o‘qing, vatanparvarlik haqida o‘z fikringizni ayting. Qo‘shma gaplarga izoh bering.

Vatan inson uchun muqaddas, uni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi, u o ‘z-o‘zidan sevilishga, ardoqlanishga va qadrlanishga loyiq.

Vatanparvarlik — bu shunday nozik, teran tuyg‘uki, u faqat ona suti bilan kirishi va jon bilan chiqishi mumkin. Fidoyilik vatanparvarlikning bosh belgisi hisoblanib, uning oliy ko‘rinishi jasoratdir.

Vatanparvarlik faqat harbiy xizmatda yoki jangda namoyon bo‘lmaydi, balki mana shu zaminda yashab turgan har bir insonning o‘z uyi, mahallasini asrashi ham vatanparvarlikdir. («Milliy istiqlol g ‘oyasi: Vatan ravnaqi» kitobidan)


219-mashq. Agar bog‘lovchisi bilan boshlanuvchi gaplarni davom ettiring. Xulosalab, og‘zaki matn tuzing.

1. Agar adolatli inson bo‘lib qolishni istasangiz, ...

2. Agar sizni birov alday boshlasa, ...

3. Agar haqiqat sirini ochishni istasangiz, ...

4. Agar boshqalar gapingizni eshitishni xohlamay qolgan ekan, ...

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling