Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Download 149.9 Kb.
bet39/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni tuzishdan ko‘zlangan maqsadni aniqlashga harakat qiling.

Ba ’zan «mirshikor» so ‘zini «mirishkor» tarzida o ‘rinsiz ishlatadilar. Holbuki, buning to ‘g ‘ri shakli «mirshikor» bo‘lib, «mir» va «shikor» s o ‘zlaridan yasalgandir. «Shikor» — ov degani, «mir» esa «mirob», «mirshab» s o ‘zlaridagi «mir» b o ‘lib, «amir

kabi boshliq» ma’nosini bildiradi. Aslida, «mir» «amir» s o ‘zining qisqargan shakli. «Amir»ning lug‘aviy ma’nosi «buyurguvchi»dir. «Mirshab» deb tungi qorovullarning, «mirob» deb suvchilarning, «mirshikor» deb ovchilarning boshlig‘iga aytiladi. «Mirshikor» s o ‘zining dehqonlarga nisbatan «mirishkor dehqon» deb ishlatish

to ‘g ‘ri emas. B a ’zi kishilarning nutqida «mirishkor dehqon» degan iboraning paydo

bo‘lishiga «mirshikor» s o ‘zining ikkinchi qismini noto‘g ‘ri tushunish sabab b o ‘lgan. (A.Rustamovning “S o ‘z haqida s o ‘z ” kitobidan)

Bilib oling. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi. Muhokama matni ko‘proq ilmiy asarlarda, shuningdek, badiiy, so‘zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo‘llanadi

211-mashq. O‘qing, matnda ifodalangan muhokama mohiyatiga diqqat qiling. Asosiy fikrga munosabat bildiring.

Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo‘yoqchi; to ‘quvchi aybini bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi ≪yopib yuborsa≫ yuborar...

Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular - shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qismatini hal qiladi. (O‘.Hoshimov)
212-mashq. Berilgan gaplardagi fikrga munosabat bildirib, ≪Insoniylik mehrdan boshlanadi≫ mavzusida muhokama matni tuzing va yozing.

Har bir ishga mehr kerak. Mehr bilan qilinmagan ish ertagatashvish keltiradi. (B.Otajonova)



213-mashq. Matnni o‘qing, muhokama mazmunini ta’kidlayotgan so‘zlarni aniqlang.

Somon suvoq chakki bo‘lmagan: faqat bir-ikki xonaning burchaklari notekisroq chiqqandi. Buning sababi gazcho‘p ishlatishni yaxshi bilmaslikda edi. Usta buni aytmoqchi ham bo‘ldi-yu, keyin bu o ‘ydan qaytdi, chunki notekis joylarni ganj suvoqda to ‘g ‘rilab yuborish qiyin emas edi, usta umuman kamchilik qidirishni yoqtirmas, buni ≪qarilik kasali≫ deb bilardi. (O.Yoqubov)


214-mashq. Matnni o‘qing, johillikning nima ekanligi haqida mulohazalaringizni bildiring.

Bir mashhur tabibdan so‘rabdilar: - Dunyoda eng og‘ir xastalik nedur?

Tabib aytibdur: - Xastalikning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, ammo eng dahshatlisi johillikdir. Siz nima deysiz?

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Muhokama mazmuniga ega bo‘lgan matnlarning asosiy belgilari haqida ayting.

2. Muhokama matnining qo‘llanishi haqida gapiring.

3. Muhokama va mulohaza nima?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling