Mavzu: Mavzuga doir tayanch tushunchalar: din, islom, iymon, payg`ambar


Download 0.61 Mb.
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1246900
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom dini haqida dars ishlanma

4-bosqich Mustahkamlash

  1. Mavzuni mustahkamlashda testlardan foydalaniladi.

  2. Darslikdagi savollardan foydalanib dars umumlashtiriladi.

Test suhbat

3 daqiqa


3 daqiqa

5-bosqich Baholash Darsni yakunlash

O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytinggi e`lon qilinadi va dars yakunlanadi.




2 daqiqa

6-bosqich

Uyga matnni o`qib, o`rganib kelish topshirig`I beriladi.

Tushuntirish

1 daqiqa


Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish.
O`quvchilarning darsga tayyorgarligini so`rash.
Dars muqaddas” shiorini ayttirish.
Davomatni aniqlash.
Dars mavzusining shiorini ayttirish.
Dars mavzusidan kelib chiqqan holda kitob to`g`risida savol-javob o`tkazish.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish.
Darsning borishi

  1. O`tgan darsni so`rab baholash.

O`tgan mavzu: Buddaviylikning paydo bo`lishi
Buddaviylik dini paydo bo`lishi tarixiy davriga ko`ra, birinchi jahon dinidir.
Buddaviylik dini bundan salkam 2600-yil avval shimoli-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shaxzoda Siddxarta Gautamadir. Siddxartxa vafotidan so`ng Budda deb atalgan. Buddaviylik dinining nomi ana shundan olingan.
Binobarin, buddaviylik-najot dinidir.
Odamlar o`rganib qolgan hamda eng muqaddas deb hisoblagan qadriyatlar ularning ko`z o`nglarida yo`qola boshlagan. Yangi din- buddaviylik Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki u jamiyat turli tabaqalarining manfaatiga javob berardi. Masalan, kshatriylar uchun buddaviylik brahmanlarning hukmron mavqeyiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsi-tishlariga qarshi kurashda o`tkir qurol bo`lib xizmat qilardi.
Bundan tashqari, bu-din-og`ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosimlarni bajarishni talab etmasdi. Qolaversa, Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta`limoti mazmunini hammaga tushnarli tilda sodda qilib bayon etganlar.



  1. O`quvchilar guruhlarga bo`linib o`z guruhlari nomi asosida she`rlar aytishadi.

O`quvchilar o`tilgan mavzu asosida klaster metodining 3 turi bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlashadi.
Faololashtiruvchi savol va topshiriqlar:

  1. Buddaviylik dini nechanchi asrlarda paydo bo`lgan?

  2. Buddaviylik dining asoschisi kim?

  3. Buddaviylik dini qaysi mamlakatda vujudga kelgan?

  4. Buddaviylik dinining asosini nima tashkil etadi?




  1. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi testlardan foydalanish mumkin.

Dars yakunida “kema” usulida o`quvhcilarning olgan baholari jamlanib, guruhlarga rag`bat kartochkalari taqdim etiladi.
I slom dini VII asrda Arabiston yarimorolida (hozirgi Saudiya Arbistonni) paydo bo`ldi. Bu orol arab tilida «Jazirat al-Arab», ya'ni arablarning yarim oroli dеgan ma'noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar «Arabiston» dеb ataydilar.

Islom dinida payg`ambarlarga imon kеltirish buyurilgan. «Payg`ambar» so`zi fors tilidan «payg`om (xabar)» va «baridan (tashuvchi)» so`zlarining birikmasidir. Islomiy e'tiqodga ko`ra payg`ambarlik Allohning bandalariga bеrgan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining eng yuksak cho`qqisidir
Islom dini aqidalarida aytilishicha 124 ming payg`ambar yashab o`tgan. Shulardan 25 tasining nomi Qur'oni karimda kеltirilgan. Payg`ambarlar rasul - elchi va nabiy - xabar bеruvchilarga bo`linadi. Shulardan 313 tasi Rahmatilla qori Obidov kеltirishicha rasul payg`ambarlar bo`lib, qolganlari nabiylardir

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling