Mavzu: Mavzuga doir tayanch tushunchalar: din, islom, iymon, payg`ambar


Download 0.61 Mb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1246900
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom dini haqida dars ishlanma

Payg`ambarimiz
Muhammad (s.a.v0 vafotidan so`ng u kishining eng yaqin izdoshalri Abu Bakr (632-634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) (r.a)lar musulmonlar jamoasiga rahbarlik qildilar. Bu davr islom tarixida “Xulofai-roshidim” (To`g`ri yo`ldagi o`rinbosarlar) davri deb ataladi.

  • Usmon ibn Affon (r.a) davriga kelib musulmonlar hozirgi Turkmaniston hududlariga kirdilar. Sekin-asta arab-musulmon qo`shinlari Xuroson va Movorounnahr hududlarini egallab, islom dinini tarqata boshladilar. Lekin arablar egallagan yerlarning aholisi bir zumda musulmonlarga aylanib qolmadi.

  • Markaziy Osiyoda IX asr o`rtalariga kelibgina, ya`ni Movorounnahr fathidan bir yarim asr o`tgach, islom mahalliy aholining diniy e`tiqodiga aylandi.

  • Markaziy Osiyoga islom dining kirib kelishi bilan mintaqada ijtimoiy-ma`naviy soha rivojlana boshladi. O`lkada iqtisodiy yuksalish yuz berdi, dunyoviy va diniy fanlar tez sur`atlar bilan rivojlandi.

Islom” so`zi quyidagi ma'nolarni anglatadi.

  • Itoat va bo`ysunish.

  • Ixlos va turli ofatlardan salomat bo`lish.

  • Sulh va omonlik.

Islom ta'limotini asosini iymon, islom, ehson tashkil etadi
Iymon 7 aqidaga asoslanadi:
1.Allohga
2.Farishtalarga
3.Muqaddas kitoblarga
4.Payg`ambarlarga
5.Oxiratga
6.Taqdirga
7.O`lgandan kеyin tirilishga ishonishdir.
Islom ta`limotidagi asosiy 7 aqidaning Alloh taolo va Muhammadga ishonish qismi Islomda iymon deb ham ataladi, ya`ni Allohdan o`ziga o`zga iloh yo`q, Muhammad uning bandasi va rasuli (paygambari), deb shohidlik berishi tushuniladi. Barcha 7 aqida to`laligicha iymoni mufassal deb ataladi.
Allohni yagona, bilguvchi, rahmdil, mеhribon shu kabi 99 ta nomi mavjud.
Islomni asosini tavhid, ya'ni yakkaxudolik tashkil etadi. Alloh barcha narsalarni yaratuvchisi.
Adulaziz Mansurning «Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi» kitobida shunday dеyilgan: «Alloh taolo Еr kurrasini yakshanba va dushanba», toglarni sеshanba, daraxtlar va suvlarni chorshanba, osmonlarni jum'a, Quyosh, oy, yulduzlar va farishtalarni shanba kunida va odamni shanba kunining oxirida yaratganligi haqida ma'lumotlar bеrilgan».


  • O`zbekiston hududida islom dining sunniylik yo`nalishi, xususan, Hanafiy (Imom A`zam) mazhabi qaror topdi.

  • Islom dinining asosiy manbasi bo`lgan Qur`oni karim mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o`zbek olimlari va din ulamolari tomonidan o`rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o`zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.

Islom dini ta`limotiga ko`ra, Alloh barcha jonli va jonsiz narsalarning, butun koinotning yaratuvchisi hisoblanadi. U hechkimga o`xshamaydi va hech narsani u bilan tenglashtirish mumkin emas. Insonlar Alloh yaratgan maxluqotlarning eng buyugidir. Alloh odamzotni to`g`ri yo`lga boshlash uchun o`z elchilari-payg`ambarlarni yuborib turgan.

Islom dinining asosiy bayramlari –bu hijriy yil hisobida Shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadigan Ramazon hayiti hamda undan 70 kundan so`ng noshonlanadigan Qurbon hayitidir. Ikki hayit ham O`zbekistonda rasman bayram deb e`lon qilingan. Bu kunlarda qariyalar qarindoshlarni ziyorat qilish, bolalarga hayitlik sovg`alar, shirinliklar berish urf hisoblanadi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling