Mavzu: Maxsus makatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarining o'ziga xosligi Mundarija
Download 74.99 Kb.
|
Tag`onova Guliza.kurs ishi oligo
Кirish
. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo etish, jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish, fuqorolarni ma’naviyatini shakllantirish va takomillashtirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi" Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi ustivor yo’nalishining 4.2. bandida “Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish” to’g’risidagi farmonini olishimiz mumkin. 1Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risi"dagi Qonunining 23-moddasida "Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud, shuningdek uzoq vaqt davolanishga majbur bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarni tashkil etilishini e’tirof qilinishi ham muhim ahamiyatga molikdir. Milliy istiqlol mafkurasi asosida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda hayotga tayyorlashda maxsus maktablarning boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bugungi kunda maxsus maktablarida mehnat tarbiyasini takomillashtirishning samarali usullarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Mamlakatimizdagi mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uning o’zligini anglashdagi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga va ma’naviy barkamol, intellektual hamda aqliy-amaliy jihatdan mukammal yetuk kadrlarni tayyorlash uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota- onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” - deb ta’kidlagan edilar.2 Ma’lumki, har tomonlama sog‘lom muhit hukmron ekan, farzandlarimiz barkamol voyaga yetadilar, fuqarolari barkamol jamiyat esa hech qachon zavol topmaydi. Mamlakatimizda aynan mustaqillik yillarida bu borada talay ijobiy ishlar amalga oshirildi, davlat dasturlari, hukumatning maxsus qarorlari qabul qilindi. Bunga misol qilib, 2018-2019- o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qo’shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilganligini olishimiz mumkin.
1) tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi; 2)tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo'llarini ,usullarini rivojlantirish. Bu muammoga, birinchidan, L, S. Vigotskiy, A. N. Leontev, S.L.Rubinshteyn, O. K, Tixomirov va boshqalarning ishlari bag'ishlangan. Ikkinchidan, P. Ya. Galperin, Ya.I.Grudenov, Z. I. Kalmikov,Yu. M. Kolyagin, V. A. Kruteskiy, A.M.Matyushkin, Z. I. Slekan,N. F. Talizina, L. M. Fridman vaboshqalar o'zishlarida o'rganganlar Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko'rib chiqib shunday xulosa mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta'lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o'rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko'nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug'ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo'yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali o'qituvchilar bilan birgalikda matonat bilan darsni tashkil etish yo'llari, shakllari hamda uslublarini izlashmoqda, bilim va ko'nikmalar sifatini ko'tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. Ta'lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo'yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o'zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling