Mavzu: Maxsus makatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarining o'ziga xosligi Mundarija
II bob. Мakatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarini shakllantirish yo`llari
Download 74.99 Kb.
|
Tag`onova Guliza.kurs ishi oligo
II bob. Мakatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarini shakllantirish yo`llari
2.1 Мakatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarini shakllantirish mazmuni Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarning uzunligi, qalinligi, kengligi, balandligiga ko‘ra taqqoslash davom ettiriladi. Aqli zaif bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar masofalarini bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq maKichik guruhda mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda turli xil didaktik o‘yinlar: 3—4 halqa va sharlardan iborat minorachalar, yig‘ma o‘yinchoqlar (sharchalar, likopchalar, silindrik qutichalar, matryoshkalar) bilan o‘yinlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Avvalo bolalarga har biri 3—4 buyumdan, keyinchalik esa 4—5 buyumdan iborat bo‘lgan o‘yinchoqlar beriladi. Shunisi muhimki, kichkintoylar bu o‘yinchoqlar bilan turli xilda shug‘ullanishlari: o‘yinchoqlarga mos qopqoq tanlashlari, ulardan hajmi kichrayib, yoki kattalashib boruvchi qator tuzishlar, ulami bir-biri ichiga qo‘yishlari mumkin. Defektolog bolalar bilan birga o‘ynaydi «o‘yinchoqlami yig‘sh», «halqachalardan minoracha yasaymiz», «U yerda nima?». Bu o‘yinlar juft-juft bo‘lib o‘ynash tamoyiliga asoslanadi. Shuning uchun juft o‘yinchoqlaming bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Buyumlaming balandligi, uzunligi, kengligiga qarab taqqoslashni bolalaiga mashq qildirish uchun qurilish materiallari bilan o‘yinlar o‘tkazish qulay sharoitlar yaratadi. Bolalar uzun va qisqa yo‘lakchalar yasaydilar, baland va past devorchalar (darvoza, uychalar) quradilar. Enli va ensiz divan (kreslo) va boshqa narsalar yasaydilar.Juft bo‘lib ishlashni tashkil qilish, ikki bolaning bir vaqtda ishlashi ulaming biri masalan, katta qo‘g‘irchoq uchun uzun krovat, boshqasi esa kichkina qo‘g‘irchoq uchun qisqa krovat yasashi ular uchun foyda bo‘ladi. Mazkur o‘quv yilida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslash malakalari shakllantirilib boriladi. Defektolog aqli zaif bolalaiga turli kattalikdagi predmetlarni yonma-yon va ustma-ust kuyish usullaridan qanday foydalanish kerakligini eslatadi. Bolalar predmetlaming katta-kichikligini ko‘z bilan chamalab, ulami yonma-yon qo‘yib o‘z taxminlari qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshiradilar. Ular nutqida faqatgina buyum o‘lchamlari nisbatlari («uzunroqqisqaroq» va boshqalar) emas, balki u nisbatlarini aniqlash usullari ham o‘z aksini topishi kerak. Bolalaiga quyidagi savollami berish foydali: «Qaysi lentacha enliroqligini qanday bilish mumkin? Ulami qanday qilib yonma-yon qo‘yish kerak? Havo rang sharfcha oq sharfchaga qaraganda enliroq ekanligini qanday bilsa bo‘ladi» va hokazolar. Bolalar tegishli taxminiy harakatlardan birmuncha ongli ravishda foydalanadilar. O‘rta guruhda bolalami birdaniga 2 o`lchovni — uzunlik va kenglikni ko‘rib chiqib, predmetlar oichamini taqqoslashga va taxmin qilishga o‘rgatishga birinchi marta kirisha boshlanadi. 0 ‘rta guruhda buyumlaming uzunligi va kengligini taqqoslash bilan cheklanadi. Uzunlik yoki kenglik bir-biridan faqat uzunligi yoki kengligi bilan farq qiladigan har xil katta-kichiklikka ega boigan 2 buyumni taqqoslash natijasida aniqlanadi. Masalan, defektolog bolalarga ikki xil rangli va uzurdigi turlicha xil, ammo kengligi (eni) bir xil boigan lentalar beriladi, va bolalarga tanish usul bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta qisqa ekanligini topish beriladi. Bu ishni amalga oshirishda harakat analizatoridan keng foydalanish, masalan, buyumlarning uzunligini taqqoslashda qoini ularning bo‘yi bo‘ylab yurgizish, kengligini taqqoslashda ko‘ndalangiga balandligini taqqoslashda esa buyum ostidan to yuqori qismiga, ya’ni qoini pastdan yuqoriga yurgazishni taklif qilish zarur. Bolalar diqqati barmoq (qo`l) qaysi buyum bo‘ylab-uzun buyum bo‘yichami yoki qisqa buyumi bo‘yicha «Uzoqroq yuguradi» ana shunga jalb etiladi. Bolalar qoilarini ikki tomonga yozib yoki barmoqlami kerib buyumning uzunligi (kengligi va h.k.) qanday ekanligini ko‘rsatadilar. Defektolog ulaming diqqatini qoilari yoki barmoqlar orasining ochilish darajasiga: katta ochilganligiga, ozgina ochilganligiga jalb etadi. Harakat analizatoridan foydalanish bolalaming buyumlar o‘lchamini aniqroq idrok etishlariga xizmat qiladi. Shuni esda tutish kerakki, aqli zaif bolalarning mayda qo‘l muskul harakatlarining rivojlanmaganligi sababli xatolaiga yo‘l qo‘yadilar. Bunday bolalar bilan yakka tartibda ishlash zarur. Bolalar predmetlaming uzunligi va kengligini taqqoslaydilar, kengligi teng, lekin uzunligi har xil predmetlarni, uzunligi teng bo‘lsa ham kengligi teng bo‘lmagan buyumlami, uzunligi va kengligi teng buyumlami topadilar. Bolalar 2 ta buyumning o‘lchami (uzunligi, kengligi, balandligi)ni taqqoslashni o‘iganib olganlaridan so‘ng 3 ta buyumning o‘lchami o‘rtasidagi nisbatni aniqlashni mashq qilishga o‘tadilar. Bolalar buyumlami uzunligi, kengligi, balandligi, qalinligi, va nihoyat, umuman hajmi ortib yoki kamayib borishiga qarab bir qatoiga terishni o‘iganadilar. Avval bolalar tartibga keltirilgan qator namunasiga qarab 3 ta buyumni teradilar. Keyinchalik esa ular qoidaga muvofiq harakat qilishni o‘rganadilar. Bolalar, masalan, buyumlaming hargal eng uzunini tanlab olib buyumlami eng uzunidan boshlab tartib bilan qator qilib terib borish mumkinligini bilib oladilar. Eng uzun (qisqa) deb tanlab olingan buyum uning oldidagi qatorga joylashtirilgan buyumdan kaltaroq (uzunroq bo‘lib chiqqanligiga doim bolalar e’tibori jalb etiladi. Bolalar har bir buyumni uning bevosita oldida va orqasida turgan buyumlar bilan juftlab taqqoslab qurishlari kerak («Qizil silindr, havo rang silindrdan balandroq. Qizil silindr sariq rangli silindrdan pastroq»)— Shu asos ular predmetlarning o‘lchamiga beriladigan baho nisbiy xarakteiga ega ekanligini tushunib olishni o‘iganadilar. Katta guruhda bolalar birinchi o‘rinda (uzunlik, kenglik, balandlik)ni bilishlari va predmetlar o‘lchovini 2—3 o‘lchov nuqtayi nazaridan baholay bilishlari zarur. Berilgan kattaliklami aniqlashda buyumlami taqqoslash mashqlari qo‘llaniladi. Bitta o‘lchovi bilan farq qiluvchi predmetlarni taqqoslashdan bolalar 2—3 o‘lchov bilan farq qiluvchi predmetlarni taqqoslashga o‘tadilar («Qaysi taxtacha uzunroq (qisqaroq)? Qaysi biri kengroq (torroq)? Qaysinisi yo‘g‘onroq (ingichkaroq)?»). Taklif qilinadigan predmetlar doirasi ortib boradi. Bolalar o‘z faoliyatlarida muntazam uchratib turadilgan har xil predmetlar (lentalar, sharflar, aig‘amchilar, shnur iplar, changilar, qutichalar va h.k.) dan foydalanadilar. Kattaligini taqqoslash ayrim olingan holda amalga oshirilmaydi, balki buyumlaming boshqa xossalarini (bajaradigan vazifasi, uzunligi, qalinligi, balandligi va boshqalami) ko‘rib chiqish bilan biigalikda bajariladi. Bu aqli zaif bolalar aqliy qobiliyatining o‘sishida muhim ahamiyatga egadir. Kattalikni taqqoslash mashqlari asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Bolalar ko‘rsatilgan buyum o‘rtasidagi o‘lchov nisbatlarini aniqlabgina qolmay, balki tasawurlari bo‘yicha shularga o‘xshash nisbatlami ham yaratadilar. Defektolog ularga, masalan, mana shunday topshiriqlar beradi: biri ikkinchisidan uzunroq bo‘lgan yo‘lka rasmini chizing; uzunligi bir xil yoki uzunligi ham, kengligi ham bir xil ikkita tasmaning rasmini chizing va h.k. Predmet o‘lchamlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga oluvchi mashqlar ayniqsa foydalidir. Ayniqsa bu mashqlaming 2 turi qo‘llaniladi: umumiy massasi saqlangan holda obyektning ayrim o‘lchovlarini o‘zgartirish hamda predmetlar o‘lchamini tenglashtirish. Bolalar ayrim o‘lchamlar o‘zgartirilganda, ulaming massasi butun holicha saqlangan holda, bir o‘lchamning o‘zgarishi bilan boshqa o‘lchamlarning ham o‘zgarishini ko‘radilar. Masalan, plastilindan qilingan xodachani uzunroq qiladilar, buning hisobiga u ingichkaroq bo‘ladi. Bu mashq bolalaming ayrim oMchamlarini farq qilish qobiliyatlari o‘sishiga yordam beradi. Buyumlar o‘lchamini tenglashtirishni mashq qildira borib, namunaga teng buyumni tanlab olish, keyinroq esa uni tayyorlash talab etiladi. Masalan, kitobni (qutichani) yasash uchun qog‘oz bo‘lagini, pirpirak va boshqa narsalar uchun tayoqchani tanlab olish yoki xuddi shunday o‘lchamdagi narsani tanlab olish topshirish mashg‘ulotdan tashqari vaqtda beriladi. Bu mashg‘ulot vaqtida namunaga teng qilib obyekt tayyorlashni mashq qilish uchun sharoit yaratiladi. Buyumlar 1—2 o‘lchami bo‘yicha lenglashtiriladi. Katta guruhda ayrim o‘lchamli (uzunligi, kengligi va hokazolar bo‘yicha) buyumlami guruhlarga ajratish va tartibga keltirish mashqlariga alohida e’tibor beriladi. Bolalar buyumlami uzunligiga ko‘ra guruhlarga ajratayotganlarida ulaming balandligi va kengligiga qaramay bir xil uzunlikdagi buyumlaming hammasini bir guruhga kiritadilar. Bolalar bir guruhga kiricilgan buyumlar nimasi bilan bir-biriga o‘xshashi va farq qilishini, nima uchun har xil balandlikdagi buyumlar birguruhga kiritilganligi va hokazolarni tushunib oladilar. Bolalar buyumlar o‘rnining qanday belgilari bo‘yicha taqqoslanishi va qatorlarga tartib bo‘yicha joylashtirilishiga qarab ulaming o‘mi boshqalari o‘rtasida qanday o‘zgarishini ko‘radilar. Masalan, lentalaming eng uzunidan boshlab eng qisqasigacha bir qator qilib qo‘yilganda qizil rangdagi lenta birinchi o‘rinda edi, lentalami kengligi bo‘yicha qo‘yilganda esa u uchinchi o‘ringa tushib qoladi.Asta-sekin bolalarda buyumlaming taqqoslash mumkin bo‘lgan belgilarini mustaqil ravishda ajratib ko‘rsata olish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ular boshqa belgilariga e’tibor bermay faqat ajratib ko‘rsatilgan belgilariga qarab buyumlami izchillik bilan taqqoslashni o‘rganadilar. Bolalarni amaliy ishga kirishishdan oldin taxmin qilib ko‘rishga (harakatlami rejalashtirishga) o‘rgatish foydali. Shu maqsadda quyidagi savollarni berish kerak: «Buyumlami qanday belgilaiga qarab guruhlarga ajratish mumkin? Buyumlami qanday tartibda qator qilib joylashtirish kerak? Kerakli buyumni tartib bo‘yicha qanday ajratish kerak? Tegishli ishni bajarayotib bolalar o‘z taxminlarining to‘g‘riligini tekshiradilar. Bola asta-sekin qator tuzishda keyingi elementni tanlash usulidan ongli suratda foydalanishni o‘rganadi. Buyumlarni qay tartibda joylashtirishni hisobga olib, har safar qolgan buyumlar orasidan eng katta va eng kichkina buyumni tanlashi lozim. Katta guruhda kattaliklar qatorini tuzish mashqlari quyidagi mazmunda murakkablashtirilib boriladi: ko‘p sondagi buyumlar taqqoslanadi; qator qilib qo‘yish mashqlariga ayrim buyumlar emas, balki 2—3 o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladigan buyumlardan foydalanadi. Aynan bir buyumlar qatorlarga goh bir, goh ikkinchi belgisi (masalan, silindrlar awalo balandligi bo‘yicha, so‘ngra yo‘g‘onligi bo‘yicha qo‘yiladi) qarab joylashtiriladi. Besh yashar bolalar tartib bilan qo‘yilgan buyumlar to‘plamining ba’zi bir belgilari bilan tanishtiriladi. Qator xossasi amaliy ishlar jarayonida bevosita ajratiladi. Bolalar qator hosil qilganlaridan so‘ng qatordan katta (uzun, baland) yoki eng kichik (qisqa, past va h.k.) buyumlami topadilar, so‘ngra buyumlami goh yuqori, goh pastki tomon ma’lum yo‘nalishda tartib bilan (baland, balandroq, eng baland) aytib chiqadilar. Qatordagi elementlarning har birini qo‘shni elementlar bilan, keyinroq esa oldingi va keyingi hamma sonlar bilan solishtirish bolalaming belgi ahamiyatining nisbiyligini tushunib olishlariga imkon beradi («Qatordagi har bir element oldingilaridan katta, keyingilaridan kichik va aksincha»). Ular qizil qog‘oz chizig‘i, ko‘k havo rang, qog‘oz chiziqlaridan uzun, lekin sariq va yashil rangdagi qog‘oz chiziqlaridan qisqaligini aytib beradilar va h.k.Bolalar matematika mashg‘ulotlarida shakl jihatidan bir-biiga yaqin shakllar (doira va oval bilan chegaralangan shakllar) modelini farqqilishni idrok etiladigan shakllami elementar tarzda tahlil qilishni, ulaming ba’zi bir xossalarini ajratib ko‘rsatish va tasvirlashni o‘iganadilar. Bolalami har xil ko`rinishdagi uchburchaklar, oval shaklidagi shakllar bilan tanishtiriladi, shakl bo‘yicha o‘zgarishlami ko‘rish, o‘xshash shakllami topishga o‘rgatiladi. Bolalami asta-sekin shakllami tekshirish va tavsiflashga, uning geometrik namunaga o`xshash va farq qiladigan tomonini topishga o‘rgatib boriladi. Shakl haqidagi tushuncha faqat mashg‘ulotlardagina o‘stirib borilmaydi. Didaktik o‘yinlami qo`lash muhim ahamiyatga ega. Muayyan ish tizimiga didaktik o‘yinlar oiganik jihatdan (uzviy suratda) kiritiladi. Didaktik o‘yinlar bolalaming faqat shakl haqidagi tasawurlarini aniqlab va mustahkamlabgina qolmay, balki ulaming ana shu tasawurlarini boyitadi ham (matryoshka oldindaedi; bola burilgan edi, u uning o‘ng tomonida bo‘lib qoldi va h.k.) aniqlashga oid mashqlar beriladi. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling