Mavzu: Maxsus makatabgacha yoshdagi bolalarning kattalik haqidagi tasavvurlarining o'ziga xosligi Mundarija
Makatabgacha yoshdagi bolalarda kattalik tushunchalarining o'ziga xosligi
Download 74.99 Kb.
|
Tag`onova Guliza.kurs ishi oligo
1. 2. Makatabgacha yoshdagi bolalarda kattalik tushunchalarining o'ziga xosligi
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarning uzunligi, qalinligi, kengligi, balandligiga ko‘ra taqqoslash davom ettiriladi. Aqli zaif bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar masofalarini bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq masofalaming ikki turi va nihoyat uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o‘rganadilar. Narsalarning katta-kichikligi haqida tushuncha va tasawurlarni shakllantirish ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar hamda bolaning tevarak-atrofidagi narsalar bilan u kunda duch keladigan vaziyatni puxta ajratishni talab qiladi. U yoki bu tushunchalarni shakllantirish ustidagi dastlabki mashg‘ulotlar uchun didaktik materiallar, narsalar bir-biridan faqat bitta belgisi bilan farq qiladigan qilib tanlash lozim. Masalan: narsalarning uzunlik belgisini shakllantirishda lenta, qog‘oz tasmalarini shunday tanlash kerakki, ular faqat uzunligi bilan farqlanib boshqa belgilari (eni, qalinligi, rangi) bir hilda bo‘lishi lozim. Ko‘rgazma materiallarni bunday tanlash muhim belgilari bilan muhim bo`lmagan belgilami aralashtirmaslikning oldini oladi. Keyingi mashg‘ulotlarda ikkita so‘ng uchta belgilari bilan farqlanadigan narsalar tanlanadi. Masalan, bitta lenta uzun va ensizroq, Narsalarni bunday tanlash aqli zaif bolalar oldiga ancha qiyin masalani, ya’ni bir qancha belgilardan defektolog talab qilganini ajratishni talab qiladi. Shu asosda qaysi hollarda buyumlar katta va qaysi hollarda kichik deb atalishi o‘rgatiladi. Agar buyumlar bir xil o‘lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, u holda ushbu aniq so‘zlar ishlatiladi, «uzun», «qisqa», «keng», «tor» va h.k. Agar buyumlar ikki-uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo‘lsa, ulami katta va kichik deb ataladi: katta hamda kichik quyonchalar, katta va kichik qalamlar. Taqqoslash yo‘li bilangina maktabgacha aqli zaif bolalaming diqqatini buyumlarning kattaliklari bo‘yicha nisbatlarini topishga qaratiladi. Aqli zaif bolalarga taqqoslashni ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish usuli bilan tushuntirish davom ettiriladi. Bolalar bilan biigalikda buyumlami bir-birining ustiga yoki yoniga qanday to‘g‘ri qo`yish bo‘yicha mashqlar olib boriladi. Bolalar turli uzunlikdagi lentalarni oladilar. Defektolog bir lentaning Bolalar buyumlarning kattaliklari o‘sib borishi, kamayib borishi tartibida joylashtirish bo‘yicha mashq qiladilar. Bu vazifani bajarish orqali aqli zaif bolalarda aqliy rivojlanishi ham ortib boradi. Maktab yoshigacha aqli zaif bolalarning ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar berib boriladi. Bu aqli zaif bolalarni kattaliklarning xossalari bilan tanishtiribgina qolmay, ulaming fikrlash qobiliyati ham rivojlanadi. Masalan, sayr vaqtida bolalar diqqatini ko‘chalaming o‘tish joylari va yo‘laklaming kengligiga va daraxtlaming yo‘g‘on-ingichkaligiga, ulaming balandpastligiga qaratish mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, kichik yoshdagi aqli zaif bolalar predmetlaming ayrim xususiyatlarini mustaqil ravishda ajrata olmaydilar. Buyumlarning o‘lchamidagi barcha tafovutlami ular katta yoki kichik so‘zlari bilan, ya’ni buyumlaming o`zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo‘llaniladigan so‘zlar bilan bildiradilar. Buyumlar o‘rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta’riflash imkonini beradigan so‘zlardan bolalar foydalanmaydilar. Shuning uchun bolalami faqat bitta belgisi (uzunligi, kengligi yoki balandligi) bilangina boshqa buyumlardan tafovut qiladigan buyumlami taqqoslashga va buyumlaming katta-kichikligiga qarab farq qilish uchun qo‘llaniladigan aniq so‘zlardan, chunonchi, uzun, qisqa, uzunligi bir xil (teng), baland, past, balandligi bir xil (barobar); keng, tor, kengligi bir xil (barobar); qalin, yupqa, qalinligi bir xil (barobar) kabi so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish zarur. o‘lchamlarning har bir turini (uzunlikni, kenglikni, balandlikni) taqqoslashga maxsus mashg‘ulotlar ajratiladi.U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan farq mazkur belgi balan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga «Uzun, qisqa» tushunchasi haqida ma’lumot berish uchun rangi, kengligi va yo‘g‘onligi bir xil, bir-biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan so‘zlarni buyumlaming tegishli xususiyatlari bilan bog‘lashga qiynaladilar. Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi harxil predmetlardan foydalaniladi. Taqqoslash vaqtida narsalar yaxshi ko‘rinadigan qilib joylashtiriladi. Masalan: narsalaming qalinligi taqqoslanayotganda ulaming pastki tomoni bolalarga qaratiladi (oldin yumaloq predmetlaming qalinligi taqqoslanadi). Defektolog bolalarga murojaat qilib, savollami aniq ifoda qiladi va katta-kichiklik, kenglik-uzunlik kabi so‘zlardan foydalanadilar. Ayrim o‘lchamlami ajratib ko‘rsatishda qo‘l harakatlari yordam beradi. Defektolog bolalardan qaysi predmet uzun (kalta) ekanligini so‘rash bilan bir vaqtda qo‘lini lenta bo‘ylab (chapdan o‘ngga) yuigizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo‘lini buyumning ko‘ndalangi (kengligi) bo‘ylab yuigizadi, balandligini taqqoslaganda esa qo‘lini buyumning pastdan yuqorisiga, asosdan to yuqori chekkasigacha yurgizadi. Ko‘rsatuv keng harakatlar bilan amalga oshiriladi, bolalar mazkur belgini buyumdagi boshqa bir buyum chekkalarining birortasi bilan tenglashtirmasliklari uchun u 2—3 marta takrorlanadi. Buyumni yonma-yon yoki usma-ust qo‘yib, uning qalinligi, kengligi va balandligini taqqoslashga o‘rgatiladi. Awal bolalarga buyumlami yonma-yon qo‘yish usulidan foydalanish o‘igatUadi. Chunki bir xil rangli predmetlar taqqoslanadi va ulami ustmaust qo‘yilganda ular qo‘shilib ketadi. Defektolog mazkur usullardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish kerakligini ko‘rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar yonma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan (yaxshisi chap tomondan) barobar qilib qo‘yiladi: ustiga qo‘yishdan foydalanib ulaming yuqori va pastki chekkalari ham birlashtiriladi. Agar buyumning uchi chiqib tursa, bu predmetni uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa, unda buyumlarning uzunligi teng (baravar) deyish mumkin. Buyumlarning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastki chekkalari solishtiriladi (tekislanadi), balandligini taqqoslayotganda esa predmetlar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo‘yiladi. Ajratilgan belgi aniq so‘z bilan ataladi. Defektolog bolalarni predmetlaming qiyosiy katta-kichikligini bildiruvchi uzun-kalta, kengtor, enli-ensiz kabi so‘zlami aytishga undab: «Qaysi lentacha uzun (enli)?», «Qaysi lentacha kalta (ensiz)?» — deb so‘raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan, «Qizil lentacha yashil lentachadan enli, yashil lentacha esa qizil lentachadan ensiz». Mana shunday qilib bolalar har ikkala taqqoslanayotgan predmetlami atashga o‘rgatib boriladi. Agar bola uzun (kalta), enli (ensiz) so‘zlar o‘miga katta, kichkina so‘zlarini ishlatsa defektolog uning xatosini tuzatadi. «To‘g‘ri, uzunligi (enliligi) jihatdan katta, uzun (enli)» yoki: «To‘g‘ri, uzunligi (enliligi) jihatdan kichik kalta (ensiz)» — deb to‘g‘rilaydi. «Uzunroq, kalta, enli, ensiz nisbatlari hamma vaqt o‘zaro bog‘liq holda ishlatiladi, masalan: «Havo rang sharf qiziliga qaraganda ensiz, qizil sharf esa havo rang sharfdan enli». Awalo predmetlami bir-birining ustiga qo‘yish va yonma-yon qo‘yish ko‘nikmalari sinchiklab mashq qilinadi. Aqli zaif bolalarning yaxshi o‘zlashtirishlari uchun defektolog ularga «Bilish uchun nima qilish kerak?», «Sen nima qilayapsan? Qanday yonma-yon qo‘yyapsan» degan savollami beradi. Aqli zaif bolalar xotirasining sustligini hisobga olib, mustahkamlashga katta e’tibor beradi. Buning uchun xilma-xil mashqlardan foydalaniladi. Masalan, bolalarga qaysi lenta kalta (ensiz) ekanligiga qarash va uning ustiga o‘rdakchani qo‘yish, undan keyin qaysi lenta uzun (enli) ekanligiga qarat va uning ustiga ko‘p o‘rdakcha qo‘yish taklif qilinadi. Avval ulaiga bir xil rangdagi buyumlar beriladi, keyinchalik esa bilimni o`zlashtirishlariga qarab turli xil rangdagi buyumlami berish mumkin. Bolalar endi buyumlaming katta-kichikligini taqqoslayotganlarida ular buyumning boshqa belgilaridan diqqat e’tiborini chetga tortishga majbur bo‘ladilar. Bilimlami oddiy ravishda umumlashtirishga shu yo‘l bilan erishiladi. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling