Mavzu: maxsus (psixologiya) fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari reja
Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) – ukish) – ukuv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir
Download 107.62 Kb.
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza mashg‘ulotning mohiyati, turlari
- Oldindan xatolar ko‘zda tutilgan ma’ruza
Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) – ukish) – ukuv materiali, biror masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir.
Uzbek tilida arab tilidan kirib uzlashtirilgan ma’ruza suzi kullaniladi. Ma’ruza ukuv jarayonining asosiy bugini, oliy ukuv yurtlarida dars berishning asosiy shaklidan biri. U talabalarning dune karashini shakllantirishda katta rol uynaydi. Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Iktisodiyot nazariyasi fanidan ukiladigan ma’ruza fakatgina iktisodiy rivojlanishning asosiy konuniyatlarini ochib berishgina emas, fanning sunggi yutuklaridan foydalanilgan xolda amaliyotla kanday axamiyatga ega ekanligini, xayotda real muammolarni yechishdagi axamiyatini xam kursatishi kerak. Ma’ruza ilmiy xarakterga ega bulishi, turli nazariy yunalishlar, ilmiy maktablarning asosiy goyalarini talabalar ongiga yetkazishi va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Xar kanday ma’ruzaning eng zarur sharti auditoriya bilan kontaktga kirishishdir. Ma’ruzani kutarinki rux bilan ukish kerak. Ma’ruza ukish eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun birinchi navbatda ma’ruza mavzusi buyicha adabiyotlar tanlash, xamda ular bilan tanishib chikish kerak. Ma’ruza mashg‘ulotning mohiyati, turlari Ma’ruza-bu o‘qituvchining monologik tarzdagi ta’limiy darsidir. Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishini asosi – bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko‘rsatish, keyin esa – ko‘rsatilgan ishning rejasiga qat’iy amal qilishdir. Ma’ruza o‘qishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi. Ifoda etilayotgan ma’lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi; Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari; Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi; Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha bo‘lishi; Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo‘yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo‘yilishi; Qo‘yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtai nazarlarni keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish; Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma’lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish. Auditoriya bilan pedagogik aloqa o‘rnatish mahorati. Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo‘llash. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma’ruza qo‘yidagi turlarga ajratiladi; Kirish ma’ruzasi o‘quv fani haqida birinchi yaxlit tasavvurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo‘yicha ishlash tizimiga yo‘naltiradi. Ma’ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O‘quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o‘rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo‘nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma’ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko‘rsatib beriladi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o‘quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi. Axborot-ma’ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma’lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo‘lgan turdir. Obzorli ma’ruza – bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma’lumotlarni anglab yetish jarayonida ko‘p sonli assotsiativ bog‘liqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo‘limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi. Muammoli ma’ruza. Bu ma’ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o‘qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo‘li bilan yoki an’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni qo‘shish va tahlil qilish yo‘li bilan ochib beriladi. Ma’ruza-vizual-aloqa. Ma’ruza materiallarini O‘TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko‘rsatib yetkazib berishdan iborat bo‘ladi. Bunday ma’ruzani o‘qish ko‘rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo‘ladi. Binar ma’ruza – bu ma’ruzani ikki o‘qituvchi suhbati shaklida o‘qish turi hisoblanadi, ya’ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida, yoki olim va amaliyotchi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida va boshqalar. Oldindan xatolar ko‘zda tutilgan ma’ruza talabalarni berilayotgan ma’lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag‘batlantirishga mo‘ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik, orfografik). Ma’ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Ma’ruza-konferensiya - oldindan qo‘yilgan muammo 5-10 minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi. Har bir chiqishi o‘qituvchi taklif etgan dastur doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat bo‘ladi. Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib beradi. Ma’ruza yakunida o‘qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarini to‘ldirib yoki taklif etilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi. Ma’ruza-konsultatsiya turlicha ssenariyda o‘tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulida amalga oshiriladi. Ma’ruzachi butun ma’ruza vaqti davomida bir bo‘lim yoki bir kurs bo‘yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi. Bunday ma’ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o‘tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma’ruzachi yangi o‘quv ma’lumotlarini bayon etadi, savol qo‘yiladi, qo‘yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi. Ma’ruza funksiyalari: Tarixiy-informatsion Tizimlashtirish Tushuntirish Rivojlantiruvchi O‘qituvchi ma’ruza davomida juda ko‘p ma’lumot bera olmaydi. Ayniqsa, ko‘p degani ham sifatli degani emas. Agar o‘qituvchi: Tez gapirsa; darsni tez o‘tsa; Hech qanday savollar bermasa; o‘quvchilarni yech qanday savollariga javob bermasa; Rodjer Dominovskiyning fikricha materialni ko‘rgazmali noan’anaviy uslubda taqdim qilinishini uylab topish ma’ruzachining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bayon qilish uslubi borasida I.S.Gessen quyidagilarni ilgari suradi: Universitet talabalarining asosiy maqsadi- shunchaki faktlarni “bayon qilish” emas, balki “anglash”ning ilmiy metodini shakllanishidir. I.S.Gessenning fikricha: “Haqiqiy universitet ma’ruzalari shunchaki tadqiqot natijalarini bayon qilmaydi. Qanday qilib olim bu natijaga kelganini ko‘rsatadi. yaxshi ma’ruza va ilmiy mashg‘ulotlar bir-birini to‘ldiradi. Ularning har ikkisining vazifasi talabalarni mustaqil izlanishga ilmiy fikrlashga undashdir”. Material mazmunining qiyinlik darajasini tanlash va bayon qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: Ma’ruza matni barcha talabalar uchun tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. Tahlil izoh va faktlar tushunarli bo‘lishi darkor. Ma’lumotlarning alohida qismi, ayrim muammolarning yechimi barcha tushunarli bo‘lishi kerak. Ma’ruza talabalar bilan mulokotda bulishning aloxida shakli bulib, uni boshka xech kanday ukuv shakli bilan almashtirib bulmaydi. Ma’ruzaning oldiga kuyiladigan maksad xar xil bulib, bu maksad maksimal darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga axamiyat berish kerak. Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling