mavzu: Mehmonxona biznesini rivojlantirishning xalqaro tajribasi


Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari o`z ichiga sifatiy yangilanishning quyidagi omillarini olishadi


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1339502
1   2   3   4
Bog'liq
9.1-mavzu taqdimoti (1)

Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari o`z ichiga sifatiy yangilanishning quyidagi omillarini olishadi:
xodimlar malakasini oshirish;
ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini – xizmat sifatini oshirish, turistik resurslardan unumli foydalanish, turizmda informatsion-texnik vositalardan foydalanishni tadbiq etish.
Turizmni rivojlantirishni cheklovchi salbiy omillarga quyidagilar kiradi:
    • siyosiy va moliyaviy beqarorlik,
    • kriminogen vaziyat,
    • tabiiy ofatlar.

Mehmonxona biznesida integratsion jarayonlar.
Economics
&
Tourism
Hozirgi jamiyatda turizmning rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar asosiy sabab bo`lib xizmat qiladi.
    • Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar va ulardagi imkoniyatlar to`g’risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi turizmning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim omillardan biri bo`lib qoldi. Masalan, havo transporti takomillashdi, chiptalar (yo`l kiralar) arzonlashdi, o`rta tabaqa vakillarida avtomobil sotib olish qudrati paydo bo`ldi. Avtomobil turizmning yuksalishi eng ko`p hissa qo`shgan transport vositasi bo`lib qoldi, chunki, o`z shaxsiy avtomashinasiga ega bo`lgan kishilarda o`z oilalari, do`stlar bilan, yoki yakka o`zlari hech qanday turagentlik yordamisiz yaqin va uzoq masofalarga sayohat qilish imkoniyati tug’ildi.

Mehmonxona biznesida integratsion jarayonlar.
Economics
&
Tourism
II Jahon urushidan so`ng, G’arbiy Evropa mamlakatlarida jamiyatning ma`naviy-ruhiy qadriyatlarida kuchli siljishlar yuz berdi. Ijtimoiy ongdagi bu o`zgarish jarayonini V. Frayder «ish vaqti jamiyatidan bo`sh vaqt jamiyatiga o`tish» deb nomladi. Professor X. Opashovskiyning qayd qilishicha, inson ish joyida o`z mehnati predmetidan uzoqlashib borishi bilan uning bo`sh vaqt bilan bog’lanib borishi ortadi. O`zining mehnatsevarligi an`anasi bilan mashhur bo`lgan mamlakatlarda mehnat pafosi o`zining ahamiyatini yo`qotib bordi. Ayniqsa, Germaniya va Yaponiyada yosh avlod vakillari urush davri avlodlari va undan keyingi avlodlarning azaliy qadriyatlaridan voz kecha boshlashdi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling