mavzu: Mehmonxona biznesini rivojlantirishning xalqaro tajribasi


Mehmonxona biznesida integratsion jarayonlar


Download 0.53 Mb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1339502
1   2   3   4
Bog'liq
9.1-mavzu taqdimoti (1)

Mehmonxona biznesida integratsion jarayonlar.
Economics
&
Tourism
Ijtimoiy ongdagi o`zgarishlar quyidagilarni ko`zda tutishdi:
    • iste`molchining ma`naviy-ruhiy va madaniy qadriyatlarining o`zgarishi;
    • bo`sh vaqt kontseptsiyasi nazariyasining o`zgarishi.

Mehmonxona biznesida integratsion jarayonlar.
Urushdan so`ng bo`sh vaqt kontseptsiyasining rivojlanishi uch bosqichni boshdan kechirdi:
    • 1950-yillarda bo`sh vaqtga mehnat unumdorligini davom ettirish maqsadida jismoniy va aqliy kuchlarni qayta tiklash vositasi sifatida qarash ustun edi;
    • 1960 - 1970 yillarda bo`sh vaqtdan jamiyat farovonligini oshiruvchi moddiy ne`matlarni iste`mol etish uchun foydalana boshlandi (ko`chmas mulk, uzoq muddatli foydalanish tovarlarini, hashamat ashyolarini xarid etish va boshqalar);
    • 1980-yillardan keyin bo`sh vaqtning detallashuvi tendentsiyasi ustun bo`la boshladi: asosiy maqsad moddiy ne`matlarni iste`mol etilishining o`zidan emas, balki, hayotdan lazzatlanishdan iborat bo`ldi.

FAKT: 1950 yilda Germaniya aholisining faqat 1 foizigina chet elda dam olish imkoniyatiga ega bo`lgan. Hozir Gremaniyaning 60 % aholisi chet ellarda dam oladi.
Economics
&
Tourism
Hozirda biznes turizmi (savdo hamkorlari bilan uchrashish; yarmarkalar, konferentsiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish va boshqalar) zamonaviy ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib qolgan. 1980-90 yillargacha statistikada biznes turizmi alohida predmet sifatida o`rganilmadi. Hozirgi jamiyatda turistlarning 20 foizdan ortig’ini biznes turizmi ishtirokchilari tashkil etadi.
Zamonaviy mehmonxona xo`jaligini rivojlantirish tendentsiyalari.
Economics
&
Tourism
XX asrning oxirgi o`n yilligida dunyo turizmi yiliga o`rtacha 4,3% ko`rsatkich bilan o`sdi. Mintaqalar bo`yicha Osiyoga amalga oshiriluvchi sayohatlar miqdori bundan ham yuqori ko`rsatkichlarda o`sdi. Agar O`rta Sharq mamlakatlariga yetib kelinuvchi turizm yiliga o`rtacha 4,9 % dan o`sib kelgan bo`lsa, Okeaniya va Janubiy Osiyoga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni yiliga o`rtacha 7%dan o`sib keldi. 2001 yil sentyabr voqealaridan so`ng Amerikaga hamda arab mamlakatlariga amalga oshiriluvchi sayohatlar miqdori kamayib ketgan bo`lsa, Tinch okeani mintaqasiga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni o`sishda davom etgan. SHuningdek, Yevropaga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni ham oshgan. Bundan shuni xulosa qilsa bo`ladiki, dunyo turizmi biror joy yomonlashib qoladigan bo`lsa, darrov o`ziga boshqa yo`nalish tanlaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling