Mavzu: Mehnat faoliyati motivlari


Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o‘tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi


Download 159.19 Kb.
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi159.19 Kb.
#1272168
1   2   3   4   5
Bog'liq
shamshod ustoz

Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o‘tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi

  • Kasb tanlash anchagina qiyin va motivasion jarayondir. Axir shaxsning to‘g‘ri kasb tanlashi ko‘pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo‘ladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko‘proq tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida to‘xtalishi muhimdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, o‘zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog‘liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta‘sir ko‘rsatadigan omillar, o‘zida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin bo‘lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi. O‘z imkoniyatlarini baholash sog‘lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo‘yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni o‘z ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to‘siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o‘sish, tashabbusning paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ba‘zan qiziqish bo‘yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikasiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:

1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi). 2) Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga chiqarish). 3) Komformist. 4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya‘ni yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan). Kasbga yo'naltirishda hal qiluvchi davr o'smirning o'z istagi yoki zaruratiga ko'ra, tanlagan va uning mehnat yo'lini belgilaydigan kasbga kirishish davridir. Bu davr shuning uchun ham hal qiluvchiki, kishining mehnat yo'li bo'lishi, bu yo'lda u qanchalik uzoq vaqt muvaffaqiyatli bora olishi ishlab chiqarishni xodimlar o'rtasidagi muomalani endi o'quvchi emas, balki boshqa rolni malakali xodim rolini qanchalik oson yoki qiyin, tez yoki sekin o'zlashtirishiga bog'liq. Mehnat faoliyatiga moslashuv – bu yosh insonning asta-sekin kasbiy mehnat sharoitiga kirish vazifasiga ko'ra emas, balki uning psixik xususiyatiga ko'ra talaba o'quvchilikdan malakali xodimga aylanishidir. Organizmning ishlab chiqarish muhiti va mehnat rejimiga moslashish tarzida biologik ko’nikish elementlarini ham o’z ichiga olgan holda kasbga ko’nikish bir butunlikda ijtimoiy ko’nikishning asosiy turi hisoblanadi. Kasbiy moslashuv davri odatda uchta o’ziga xos bosqich bo’yicha boradiki, ularning har biri kasbiy ta‘lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatga ega.


Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling