Mavzu: mehnat resurslari tarkibi va ularning dinamikasi tahlili


Download 40.64 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi40.64 Kb.
#1561193
1   2   3   4
Bog'liq
MEHNAT RESURSLARI TARKIBI VA ULARNING DINAMIKASI TAHLILI

Mehnat resurslarining tarkibi aholining yosh tarkibiga bog’liq. Aholi mehnat resurslari nuqtai nazardan quyidagi yosh guruhlarga ajratiladi: 0 – 14 yosh; 15 – 64 yosh; 65 yosh va undan kattalar.
O’zbekistonda: 0 – 15 yosh; 16 – 60 erkaklar; 16 – 55 ayollar; 61 yosh va undan katta (erkaklar) va 56 yosh va undan katta (ayollar).
Mamlakatlardagi iqtisodiy aktiv aholining xalq xo’jaligi tarmoqlarida taqsimlanishi bir-biridan farq qiladi. Avvalo shuni aytish kerakki Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlarida tug’ilishning ham yuqoriligi, o’rtacha umr muddatini pastligi tufayli aholi tarkibida mehnat resurslarining salmog’i kam. Masalan butun dunyo bo’yicha 54%, Evropada 62-64 %, Amerikada 56-58 %, Osiyoda 53-54 %, Avstraliyada 56-58 %, Okeaniyada 56-58 % tashkil etadi.
Mehnat resurslari mehnat faoliyati holatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-16-19 yoshlilar–bu davr majburiy holda mehnat resurslarini ishlab chiqarish hisoblanadi;
-20-29 yoshlilar–bu davrda mehnat resurslari kuch va faqat mehnatga tayyorlanishadi;
-30-39 yosh – bu davrda aholi aktiv mehnat resurslari hisoblanadi;
-40-49 yosh – bu mehnat resurslarining o’rta davri bo’lib to’plangan bilim ko’nikma va malakalar ishlab chiqarishga jalb etiladi;
-50-59 yosh – mehnat resurslarining katta davri bo’lib, mehnat unumdorligi pasaya boradi.
Mehnat resurslaridan foydalanishda aholining to’la ish bilan, mavsumiy ish bilan taminlash mumkin. Ishsizlik sabablari–ish o’rinlarining etishmasligi “texnologik ishsizlik”, “agrar aholini ortiqchaligi” bilan izohlanadi. O’zbekiston respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha aholi bandligi taxminan quyidagicha:
Sanoatda – 13,5 %;
Qishloq va o’rmon xo’jaligida 27,3 %;
Transport va aloqada 4,8 %;
Qurilishda 9,5 %;
Savdoda 11,0 %;
Sog’liqni saqlashda 4,5 %;
Ta’limda 8,2 %;
Boshqa sohalarda 21,2 %.
O’zbekiston aholisining yosh tarkibi taxminan:
0-15 yoshlilar 30,3 %;
16-60 yoshli erkaklar, 16-55 yoshli ayollar 59,5 %;
60 yoshdan katta erkaklar, 55 yosh va undan katta ayollar 10,2 % tashkil qiladi.
Respublikamiz mehnat resurslarini (yoki iqtisodiy faol aholini) soni ko’p biroq ularning jami aholi tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqoriligidadir. Natijada “demografik yuk” yoki mehnatga layotqasizlar nisbati o’ziga xos. Masalan, agar Baltika davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi ishlasa, bizda aksincha 6 kishidan 2 yoki 3 kishi ishlashi mumkin.
Keyingi yillarda mamlakatda yangi ish o’rinlari yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri kelgan. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammo eng avvalo davlatning “bandlik” dasturi doirasida hal etilib boriladi.
Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlikka bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirishning eng muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Oilaviy biznesning o’ziga xosligi shundaki, u ko’p asrlik oilaviy an’analar, qadriyatlar bilan uyg’un rivojlanadi. Misol uchun, Angliyadagi oilaviy biznes korxonalarining to’rtdan bir qismi qariyb to’rtta avloddan beri o’tib kelar ekan. Shvetsiyada mehnat bilan band aholining 61 foizi oilaviy tadbirkorlik sohasida ishlayotgani ham uning nechog’li katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.

Download 40.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling