Mavzu: mehnat tarbiyasi
Download 114.03 Kb.
|
13. MEHNAT TARBIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘rta guruhda
- Katta guruhda
Ilk yosh guruhida:
1. Kattalar mehnatiga qiziqishni tarbiyalash. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining mehnat jarayonlari bilan tanishtirish. 3. Bolalarga kattalarning mehnatini hurmat qilish tuyg'usini shakllantirish. Kichik yosh guruhida: 1. Kattalar mehnati natijasida kerakli narsalar, predmetlar yaratilishini tushuntirish. 2. Oshpaz, kir yuvuvchi, sotuvchi, quruvchi, haydovchi mehnati va ularning asosiy ishlari haqida bilim berish. 3. Ish natijasi va uning ahamiyatini ajratib ko‘rsatishga o'rgatish. 4. Kattalar mehnati uchun zarur bo‘ladigan materiallar, kishilar mehnatini yengillashtiradigan, mehnat jarayoni va natijalariga erishishni tezlashtiradigan mashinalar bilan tanishtirish. 5. Turli transport vositalari va kasblar haqida tushuncha berish. Bolalarning bu boradagi bilimlarini kengaytirish va ularning nomlarini to'g‘ri aytishga odatlantirish. О‘rta guruhda: 1. Bolalarda kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash. 2. O‘zbek xalqining milliy hunarmandchilik mehnati-duradgorlik bilan tanishtirish. 3. Dehqon mehnati haqida qisqacha m a’lumot berish. 4. Bolalarning o‘z tarbiyachisi va boshqalar mehnati haqidagi tushunchalarini kengaytirish. 5. Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat hissini shakllantirishga e’tiborni kuchaytirish. Katta guruhda: 1. Bolalarning kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish. 2. Ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, dalalarda qilinadigan mehnat haqidagi bilimlarini takomillashtirish. Mehnatning shu joyda tarqalgan turlari bilan bolalami yaqindan tanishtirish. 3. Ularni yaqin atrofdagi korxonaga olib borish (mebel, avtomobil, televizor, chinni ishlab chiqaruvchi korxona, novvoyxona va h.k.). Bu korxonaning nomi, u yerda kimlar ishlashi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, mehnat quroli va asboblari haqidagi bilimlarini aniqlash va takomillashtirish. 4. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning mamlakat aholisi uchun ahamiyati bilan tanishtirish. 5. Mashinasoz, tikuvchi, kosib, nonvoy, oshpaz, o‘ymakor, bo‘yoqchi, haydovchi kabi kasblar bilan tanishtirish. 6. Ishning maqsadi, natijasi va ulaming jam iyat uchun ahamiyati, turli xil “aqlli” mashinalaming kishilar mehnatini yengillashtirishi, tovarlar sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishni tezlashtirishdagi roli haqidagi bilimlarini kengaytirish. Download 114.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling